12 051.710 so‘m

increase

88.930

14 008.910 so‘m

increase

121.320

154.690 so‘m

increase

0.750

12 051.710 so‘m

increase

88.930

22-may, 2025
Bozor
448

Bitcoin narxi ilk marotaba $110 000 dan oshdi

22 may kungi savdo vaqtida raqamli aktiv narxi $111 875 gacha koʻtarilgan.

Bitcoin narxi ilk marotaba $110 000 dan oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

22 may kungi savdolarda Bitcoin narxi keskin oshib, tarixda ilk bor $112 000 chegarasiga yaqinlashdi. Bu kriptovalyutaning yanvar oyida qayd etilgan $109 000 darajasidagi avvalgi rekordidan ham yuqoridir.

CoinDesk Bitcoin narxlari indeksiga koʻra, savdo vaqtida raqamli aktiv $111 875 gacha koʻtarilgan. Xabar tayyorlanayotgan paytda esa narx $110 871 atrofida saqlanib turibdi.

Diagramma: Coinmarketcap

Bitcoin’ning rekord darajaga koʻtarilishi global iqtisodiy sharoitlarning qulaylashuvi bilan izohlanmoqda. Xususan, AQSh va Xitoy oʻrtasidagi savdo urushining yumshashi, shuningdek Yevropa va Osiyoda foiz stavkalarining pasaytirilishi xavfli aktivlarga, jumladan kriptovalyutalarga boʻlgan talabni kuchaytirmoqda.

Bitcoin ortidan boshqa yirik kriptovalyutalar ham yuqorilab ketdi. Ethereum, Solana, Dogecoin va Cardano narxlari ham soʻnggi kunlarda sezilarli darajada oʻsgan.

Eslatib oʻtamiz, Pinkod 4 yanvar kuni eʼlon qilingan maqolada tahlilchilar 2025 yilda Bitcoin narxi $150 000–$200 000 oraligʻigacha yetishini taxmin qilayotganini bildirgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+