12 938.110 so‘m

increase

18.110

14 076.660 so‘m

decrease

-25.520

149.990 so‘m

increase

0.470

12 938.110 so‘m

increase

18.110

2 kun avval
Bank

Birlamchi bozor uchun qaysi ipoteka krediti eng jozibador?

Hozirda Oʻzbekistondagi mavjud banklardan 21 tasi ipoteka krediti ajratmoqda. Ushbu banklar orasidan eng qulay shartlarga ega kreditlar reytingi tuzib chiqildi.

Birlamchi bozor uchun qaysi ipoteka krediti eng jozibador?
Foto: AI / Pinkod.uz

Hozirda mamlakatdagi mavjud banklardan 21 tasi ipoteka krediti ajratmoqda. Birlamchi bozordagi uylar uchun eng jozibador ipoteka kreditlari roʻyxati va tahlili “Iqtisodiy sharh” jurnalida eʼlon qilingan.

Birlamchi bozor uchun eng qulay ipoteka kreditlari quyidagicha:

Tahlil natijalariga koʻra, birlamchi koʻchmas mulk bozorida eng past yillik foiz stavkasini (17%) taqdim etuvchi “BRB” bank yetakchilik qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, Markaziy bank tomonidan belgilangan bir xil foiz stavkasi, muddati va miqdoriga ega 11 ta bank reytingda keyingi oʻrinni egallagan. Ushbu banklar qatoriga Ipoteka Bank, Oriyent Finans Bank, Agrobank, Aloqabank, Hamkorbank, Misrosredit Bank, NBU, Oʻzsanoatqurilishbank, Xalq Banki, Asia Allianse Bank va Trastbank kiradi.

Reytingda uchinchi pogʻonani egallagan Poytaxt Bank ham 17% yillik foiz stavkasini taklif qilmoqda, ammo boshlangʻich toʻlovning nisbatan yuqoriligi (21%) uni avvalgi banklarga nisbatan kamroq jozibador qildi.

Keyingi oʻrinlarda joylashgan Ipak Yoʻli Bank va Asakabank 21,5% yillik foiz stavkasi va 25% boshlangʻich toʻlov shartlarini taklif etmoqda. Har ikkala bankning kredit shartlari oʻxshash boʻlsa-da, ajratiladigan kredit miqdori va muddati farq qilgani sababli ularning reytingdagi oʻrni turlicha belgilangan.

Ziraat Bank oltinchi oʻrinni egallab, 25% yillik foiz stavkasi va boshlangʻich toʻlov asosida kredit ajratmoqda. Bu bank 60 oygacha muddat bilan qariyb 1 mlrd 900 mln soʻmgacha kredit berish imkoniyatiga ega.

Reytingda yettinchi pogʻonani egallagan Garant Bank kredit miqdoriga cheklov qoʻymagan. Biroq, yuqori yillik foiz stavkasi (26%) va 45% boshlangʻich badal talabi uning reytingdagi pozitsiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

Sakkizinchi oʻrinda joylashgan Turon Bank esa 17,5% yillik foiz stavkasini taklif qilayotgan boʻlsa-da, boshlangʻich badalning yuqoriligi (50%) ushbu bankning reytingda pastroq baholanishiga sabab boʻlgan.

Saderat Bank, Tenge Bank va Kapitalbank 22-25-29% yillik foiz stavkalari, 25-30% boshlangʻich badal va 10-15 yillik kredit muddati bilan reytingda keyingi oʻrinlarni egalladi. Bu banklar 1 mlrd soʻmgacha kredit ajratish imkoniyatiga ega.

Umuman olganda, yuqorida qayd etilgan barcha banklar hududlar va Toshkent shahri uchun bir xil foiz stavkasi, boshlangʻich toʻlov va kredit muddatini taqdim etmoqda. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+