Birinchi chorak yakuni boʻyicha Uzum bank sof foydasi 361,6 foizga koʻpaydi
Uzum bank 2025 yilning birinchi choragiga oid moliyaviy natijalarni eʼlon qildi.

Uzum bank 2025 yilning birinchi choragiga oid moliyaviy natijalarni eʼlon qildi. Unga koʻra, bank yilning dastlabki uch oyini 37,8 milliard soʻm sof foyda bilan yakunlagan.
Bankning jami aktivlari 1 aprel holatiga koʻra 1,2 trillion soʻmni tashkil qilmoqda. Bu koʻrsatkich hisobot davri boshidan beri 375 milliard soʻmga oshgan.
Foizli daromadlar 12,5 milliard soʻmni tashkil etgan boʻlsa, sof foizli daromad 7 milliard soʻmni tashkil qildi. Foizsiz daromadlar esa 256,2 milliard soʻmga yetdi.
Barcha xarajatlar chegirib tashlanganda, Uzum bank sof foydasi 37,8 mlrd soʻmni tashkil qildi. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 361,6 foizga koʻproqdir. 2024 yilning birinchi choragida bank 8,2 milliard soʻm sof foyda koʻrsatgan edi.
Shuningdek, 1 aprel holatiga koʻra, bankning jami kredit portfeli 128 milliard soʻmni tashkil qilgan. Qizigʻi shundaki, bank portfelida muammoli kreditlar (NPL) qayd etilmagan.