11 783.470 so‘m

decrease

-14.450

13 688.860 so‘m

decrease

-51.000

139.700 so‘m

increase

1.700

11 783.470 so‘m

decrease

-14.450

8 daqiqa avval
Bank
53

Baxodir Mirzayev Octobank boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

U joriy yil fevralida “Garant bank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ketgan edi. 

Baxodir Mirzayev Octobank boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Baxodir Alimovich Mirzayev “Octobank” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ maʼlumotlar yagona portalida eʼlon qilingan muhim fakt maʼlumotlarida keltirilgan.

Octobank’ning rasmiy saytida ham Mirzayev bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari sifatida koʻrsatilgan. Bank maʼlumotlariga koʻra, u bank tizimida 11 yillik ish tajribasiga ega va mazkur lavozimda 2026 yildan buyon faoliyat yuritmoqda.

Baxodir Mirzayev bunga qadar “Garant bank”da faoliyat olib borgan. 2026 yil 2 fevral kuni bank Kuzatuv kengashi uning boshqaruv aʼzosi sifatidagi vakolatlarini muddatidan oldin tugatgan. Mehnat shartnomasi tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida bekor qilingan edi.

Mirzayev “Garant bank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida 2025 yil noyabridan beri ishlab kelayotgan edi.

Mirzayev Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida marketing yoʻnalishida bakalavr, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida esa marketing va ishlab chiqarish vositalari savdosi yoʻnalishida magistratura bosqichini tamomlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+