12 758.360 so‘m

decrease

-19.760

14 820.110 so‘m

decrease

-111.120

163.340 so‘m

decrease

-0.670

12 758.360 so‘m

decrease

-19.760

1 kun avval
Bank

Banklardagi omonatlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda

May va iyun oylarida milliy valyutadagi bank depozitlari boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkasi har oyda 0,1 foizga kamaygan. Natijada, ushbu stavka 2024 yil mart oyidagi 21,4 foiz darajasigacha tushib ketdi.

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil aprel oyidan boshlab Oʻzbekiston banklari sinxron ravishda omonatlar boʻyicha foiz stavkalarini 23 foizdan oshmaydigan qilib tushirgan.

Banklardagi omonatlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Banklardagi omonatlar boʻyicha foiz stavkalarining ommaviy ravishda pasaytirilishi oʻz taʼsirini koʻrsatishda davom etmoqda. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, milliy valyutadagi omonatlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi ketma-ket uchinchi oy pasaygan.

May va iyun oylarida milliy valyutadagi bank depozitlari boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkasi har oyda 0,1 foizga kamaygan. Natijada, ushbu stavka 2024 yil mart oyidagi 21,4 foiz darajasigacha tushib ketdi.

Umuman olganda, milliy valyutadagi omonatlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi yil boshiga nisbatan 0,7 foizga, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan esa 0,6 foizga pasaygan.

Mazkur holatni banklarning aprel oyidan boshlab omonat foiz stavkalarini 23 foizdan oshmaydigan darajagacha tushirgani bilan izohlash mumkin. Jamoatchilik fikricha, ushbu sinxron oʻzgarishlarga maʼmuriy topshiriq  sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Aynan shu oʻzgarishdan soʻng, aprel oyida omonat stavkalari 6 oylik uzluksiz oʻsishdan keyin ilk bor pasaygan edi.

Milliy valyutadagi yuridik shaxslar omonatlari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi may oyida 0,4 foizga oshgan boʻlsa, iyun oyida bu koʻrsatkich oʻzgarishsiz qolgan.

Xorijiy valyutadagi depozitlar

Xorijiy valyutadagi omonatlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi may oyida 0,5 foizga pasaydi. Iyun oyida esa bu koʻrsatkich biroz oshib, 4,8 foizga yetdi. Shunga qaramay, bu natija 2024 yil noyabr oyidagiga nisbatan 1,5 foizga pastdir.

Xorijiy valyutadagi yuridik shaxslar omonatlari boʻyicha foiz stavkalarida esa deyarli oʻzgarish kuzatilmadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+