12 002.100 so‘m

increase

14.210

13 166.300 so‘m

increase

51.550

146.020 so‘m

increase

0.610

12 002.100 so‘m

increase

14.210

Yaqin 2 soat ichida
Bank
14

Banklarda muammoli kreditlar bir oyda 1,37 trln soʻmga koʻpaydi

Oktabrda banklarning kredit portfeli 2 foizga, muammoli kreditlar hajmi esa 5,5 foizga oʻsdi.

Natijada muammoli kreditlarning jami portfeldagi ulushi 3,80 foizdan 3,93 foizga koʻtarildi. 

Oʻsishning 86 foizi davlat ulushi bor banklarga, qariyb yarmi esa birgina Oʻzmilliybankka toʻgʻri keldi. 

Banklarda muammoli kreditlar bir oyda 1,37 trln soʻmga koʻpaydi

Oʻzbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlar (NPL) hajmi 1 noyabr holatiga 26,41 trln soʻmga yetdi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, ularning jami kredit portfelidagi ulushi bir oyda 3,80 foizdan 3,93 foizga, yaʼni 0,13 foiz bandga oshdi. Shu davrda kredit portfeli 659,09 trln soʻmdan 672,06 trln soʻmga yetgan.

Oʻsishning 86 foizi davlat ulushi bor banklarga toʻgʻri keldi

Davlat ulushi bor toʻqqizta bankda muammoli kreditlar bir oyda 1,18 trln soʻmga koʻpayib, 18,12 trln soʻmga yetdi. Ularning kredit portfelidagi NPL ulushi 3,98 foizdan 4,18 foizga koʻtarildi. Boshqa banklarda esa muammoli kreditlar 192,1 mlrd soʻmga koʻpaydi, portfeldagi ulushi 3,48 foiz atrofida qoldi.

Muammoli kreditlar hajmi eng koʻp Oʻzmilliybankda oʻsdi. Bir oyda u 667,4 mlrd soʻmga, yaʼni 21,5 foizga koʻpayib, 3,77 trln soʻmga yetdi. Bu bank tizimi boʻyicha sof oʻsishning 48,8 foiziga teng. Keyingi oʻrinlarda Mikrokreditbank (190,8 mlrd soʻm), Asakabank (149,6 mlrd soʻm) va Agrobank (139,8 mlrd soʻm) turdi.

Qaysi banklarda muammoli kreditlar ulushi eng yuqori?

1 noyabr holatiga 35 ta bankdan toʻqqiztasida muammoli kreditlar ulushi 5 foizdan yuqori boʻldi. Eng yuqori koʻrsatkichlar quyidagi banklarda qayd etildi.

BankPortfeldagi NPL ulushiMuammoli kreditlar
Madad Invest Bank43,57 foiz252,9 mlrd soʻm
Poytaxt Bank14,38 foiz101,3 mlrd soʻm
TBC Bank13,51 foiz1 028,3 mlrd soʻm
Mikrokreditbank11,75 foiz2 929,9 mlrd soʻm
ANORBANK9,32 foiz1 227,9 mlrd soʻm

Hayot Bank’da NPL ulushi eng koʻp oshdi

Hayot Bank’da muammoli kreditlar hajmi bir oyda 45,6 foizga oʻsib, 231,8 mlrd soʻmdan 337,6 mlrd soʻmga yetdi. 

Bankning kredit portfeli 4,4 foizga, muammoli kreditlar hajmi esa 45,6 foizga oʻsdi. Muammoli kreditlar portfeldan tezroq koʻpaygani uchun ularning ulushi 3,05 foizdan 4,26 foizga koʻtarildi.

Kapitalbank’da esa muammoli kreditlar hajmi 106,5 mlrd soʻmga, yaʼni 9,6 foizga kamaydi. Ularning portfeldagi ulushi 2,79 foizdan 2,50 foizga tushdi. KDB Bank Uzbekistan va Octobank’da har ikki sanada ham muammoli kreditlar qayd etilmagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+