12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

14 343.030 so‘m

increase

14.010

152.370 so‘m

increase

1.180

12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

3 kun avval
Bank

Octobank, Turonbank va Kapitalbank’ning 2025 yil I choragi boʻyicha sof foydasi ochiqlandi

Octobank sof foydasi 108,5 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan deyarli 5 barobar oshdi.

Turonbankda bu koʻrsatkich 7,3 mlrd soʻm boʻlib, 1,6 barobar pasayish kuzatildi.

Kapitalbank esa 276,3 mlrd soʻmlik foyda bilan chorakni yakunladi.

Octobank, Turonbank va Kapitalbank’ning 2025 yil I choragi boʻyicha sof foydasi ochiqlandi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston banklari birinchi chorak yakunlari boʻyicha hisobotlarni taqdim eta boshladi. Hozircha faqat uch bank — Octobank, Turonbank va Kapitalbank oʻz moliyaviy natijalarini eʼlon qilgan.

Octobank — 108,5 mlrd soʻm

Octobank’ning jami aktivlari 2025 yil birinchi choragi yakunlariga koʻra 4,06 trillion soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich yil boshidan beri 0,9 trillion soʻmga oshgan. Chorak davomida bankning foizli daromadlari 47,6 milliard soʻmni, foizsiz daromadlari esa 1,3 milliard soʻmni tashkil etdi.

Octobank chorakni 108 milliard 466 million soʻm sof foyda bilan yakunladi. Bu oʻtgan yilning shu davrida qayd etilgan 21,8 milliard soʻmlik foydaga nisbatan 397,5 foizga koʻpdir.


Mavzuga doir: Banklar 2024 yilda qancha foyda oldi?


Turonbank — 7,3 mlrd soʻm

Turonbank’ning jami aktivlari hozirda 17,5 trillion soʻmni tashkil etmoqda. Yanvar-mart oylarida bank aktivlarida 30 milliard soʻmlik kamayish kuzatilgan. 2025 yil birinchi choragida bankning foizli daromadlari 395,9 milliard soʻm, foizsiz daromadlari esa 130 milliard soʻm boʻlgan.

Turonbank chorakni 7 milliard 256 million soʻmlik sof foyda bilan yakunladi. Bu esa oʻtgan yilning mos davrida qayd etilgan 11,7 milliard soʻmlik foydadan 4,5 milliard soʻmga yoki 38,2 foizga kam deganidir.

Kapitalbank — 276,3 mlrd soʻm

Kapitalbank’ning jami aktivlari hozirda 47,8 trillion soʻmni tashkil etmoqda. Dastlabki chorakda bank aktivlari 466 milliard soʻmga oshgan. Foizli daromadlar 1,76 trillion soʻm, foizsiz daromadlar esa 1,1 trillion soʻmni tashkil qilgan.

Kapitalbank chorakni 276 milliard 346 million soʻm sof foyda bilan yakunladi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 26,9% ga kamdir. 


Avvalroq, Oʻzbekiston banklari 2025 yil dastlabki ikki oyida 2,24 trln soʻm sof foyda olgani xabar qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+