12 051.710 so‘m

increase

88.930

14 008.910 so‘m

increase

121.320

154.690 so‘m

increase

0.750

12 051.710 so‘m

increase

88.930

04-noyabr, 2025
Bank
510

Bank ilovalari orqali oltin sotib olish tartibi belgilandi

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar oltin quymalar, raqamli oltin va kumushni tijorat banklarining mobil ilovalari orqali real vaqt rejimida sotib olishi va sotishi mumkin. Tijorat banklari metallarni Markaziy bankdan shartnoma asosida xarid qiladi, narxlar esa London qimmatbaho metallar uyushmasi (LBMA) fiksingi asosida belgilanadi va muntazam yangilanadi.

Bank ilovalari orqali oltin sotib olish tartibi belgilandi
Foto: AI / Pinkod.uz

Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi belgilandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga koʻra, barcha tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari, qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni ushbu yangi tartibga muvofiq amalga oshiradilar.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar oltin quymalar, shuningdek, raqamli (jismoniy boʻlmagan) oltin va kumushni tijorat banklarining mobil ilovalari orqali real vaqt rejimida sotib olishi va sotishi mumkin.

Yangi tartib fuqarolar va korxonalar uchun kichik summalardan boshlab jamgʻarish va investitsiya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tijorat banklari oltin quymalarni Markaziy bankdan shartnoma asosida xarid qiladi va ularni mustaqil narxlarda realizatsiya qiladi. Narxlar London qimmatbaho metallar uyushmasi (LBMA) fiksingi asosida belgilanadi va banklarning rasmiy veb-saytlarida muntazam yangilanadi.

Barcha operatsiyalar onlayn tarzda, tez va xavfsiz amalga oshiriladi. Mijozlarning identifikatsiya va autentifikatsiyasi bank tizimlari orqali taʼminlanadi.

Ushbu mexanizm orqali Oʻzbekiston fuqarolari qimmatbaho metallar orqali zamonaviy, qulay va raqamli yoʻl bilan jamgʻarish va investitsiya qilishlari mumkin.

Elektron (jismoniy boʻlmagan) koʻrinishdagi qimmatbaho metall mijozga sotiladi va qaytarib sotib olish obʼekti hisoblanadi. Shu bilan birga, bank tomonidan mijozga metallning jismoniy koʻrinishda taqdim etilishi taqiqlanadi.

Metall hisobvaraqlari orqali qimmatbaho metallarni bankning mobil ilovasi yordamida sotib olish va qaytarib sotish jarayonida toʻlov mijozning mobil ilovada roʻyxatdan oʻtgan bank kartasi, hisobvaragʻi yoki elektron hamyon orqali amalga oshiriladi.

Toʻlov muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan soʻng, bank mobil ilova orqali mijozga elektron qimmatbaho metall sotib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma taqdim etadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+