11 808.760 so‘m

decrease

-12.420

13 404.120 so‘m

decrease

-15.280

142.160 so‘m

increase

1.720

11 808.760 so‘m

decrease

-12.420

3 soat avval
Bank
80

Avstriyaning Raiffeisen banki Markaziy Osiyoda banklarni sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda

Raiffeisen Bank International Markaziy Osiyoni yangi oʻsish yoʻnalishlaridan biriga aylantirishga tayyorlanmoqda.

Bloomberg manbalariga koʻra, kengayishni Rossiyadagi biznesi bilan bogʻliq 3,15 mlrd yevrolik kutilayotgan tushum qoʻllab-quvvatlashi mumkin. 

Hozircha bank mintaqada biror aniq xarid boʻyicha muzokara olib bormayapti.

Avstriyaning Raiffeisen banki Markaziy Osiyoda banklarni sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda

Avstriyaning Raiffeisen Bank International banki yangilanayotgan strategiyasida Qozogʻiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini yangi oʻsish bozorlari sifatida belgilashi mumkin. Bu haqda Bloomberg rejalardan xabardor, ismi oshkor etilmagan manbalarga tayanib xabar berdi.

Bank bosh direktori Maykl Hyollerer yaqin haftalarda yangi strategiyani taqdim etishi kutilmoqda. Mintaqadagi banklarni sotib olish biznesni kengaytirish usullaridan biri sifatida koʻrib chiqilmoqda. Biroq rejalar hali rasman eʼlon qilinmagan, ehtimoliy xarid obʼektlari ham maʼlum emas.

Raiffeisen vakili Bloomberg’ga Gʻarb kompaniyalari taʼminot zanjirlarini qayta tashkil etayotgani, Markaziy Osiyo davlatlari esa Gʻarb bilan aloqalarini kengaytirishga intilayotganini bildirgan. Bank strategiyani yangilash jarayonida ushbu oʻzgarishlarga qanday javob berishni oʻrganmoqda.

Kengayishni moliyalashtirishda 3,15 mlrd yevro — qariyb 3,6 mlrd dollarlik tushum muhim manba boʻlishi mumkin. Mablagʻ Avstriya sudining ilgari sanksiyalar ostidagi rossiyalik tadbirkor Oleg Deripaska bilan aloqador boʻlgan Rasperia Trading kompaniyasi aktivlarini Raiffeisen’ga oʻtkazish haqidagi qarori bilan bogʻliq.

Bloomberg’ga koʻra, mablagʻ undirilsa, bank ilgari oʻzining eng daromadli boʻlinmasi boʻlgan Rossiyadagi biznesidan bilvosita boʻlsa ham ilk bor pul chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi. Raiffeisen Rossiyadagi shoʻʼba bankini sotish va u yerdagi faoliyatini qisqartirishga harakat qilmoqda.

Bank Markaziy Osiyoda allaqachon ayrim xizmatlarni yoʻlga qoʻygan. Qozogʻistonda uning kichik lizing biznesi mavjud. Oʻzbekistonda esa iyun oyida xalqaro investorlarning mahalliy qimmatli qogʻozlar, jumladan, davlat obligatsiyalariga kirish imkoniyati kengaytirilgan.

Raiffeisen’ning rasmiy maʼlumotiga koʻra, bank Oʻzbekiston Markaziy depozitariysi bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqa oʻrnatgan. Kapitalbank va Oʻzmilliybank mahalliy agent banklar sifatida tanlangan. Bu tizim xorijiy investorlarga oʻzbek qimmatli qogʻozlarini saqlash va ular boʻyicha hisob-kitob xizmatlaridan Raiffeisen orqali foydalanish imkonini beradi. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+