12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

10 soat avval
Bozor

AQShning yangi boj tariflari ortidan eng koʻp zararni Ilon Mask koʻrdi

Oʻzini Trampning birinchi doʻsti deb atagan Maskning Tesla kompaniyasi aksiyalari bu voqeadan soʻng pasayishga uchradi.

AQShning yangi boj tariflari ortidan eng koʻp zararni Ilon Mask koʻrdi
Foto: AI / Pinkod.uz

4 fevral Tesla va uning bosh direktori Ilon Mask uchun ogʻir kechdi. AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan yangi boj tariflari siyosatiga bozor keskin munosabat bildirdi. Tesla aksiyalari 5% ga tushib, Amerika kompaniyalari orasida eng katta yoʻqotishga uchradi. Bu esa Masknining boyligidan 10,9 milliard dollar olib tashlanishiga sabab boʻldi (Forbes’ning real vaqt milliarderlar roʻyxatiga koʻra).


Mavzuga doir: Mamlakatlararo savdo urushi boshlandi.


Nima boʻldi?

Tesla aksiyalari tushishi, ayniqsa, avtomobil ishlab chiqaruvchilar va Xitoy bozoriga qattiq bogʻliq boʻlgan kompaniyalarga taʼsir qiluvchi boj tariflari tufayli sodir boʻldi. Tesla ikki toifaga ham kirgani sababli vaziyatdan koʻproq zarar koʻrdi. Kompaniya 2024 yilda Xitoy bozoridan 20,9 milliard dollar daromad olgan boʻlib, bu uning global savdosining 21% dan ortigʻini tashkil etadi.

Mazkur xabarlar jahon bozorlarida sezilarli beqarorlikni keltirib chiqardi. Fond birjasi fyucherslari (kelishuv shartnomalari) keskin pasaydi: Nasdaq 2 foizdan koʻproqqa, S&P 500 1,6 foizga tushdi va Dow Jones fyucherslari taxminan 1,1 foizga kamaydi.

Xitoy javob qaytarmoqda

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Kanada importiga qoʻyilgan AQSh tariflari vaqtincha toʻxtatilganini bildirdi. Bu haqda Kanada bosh vaziri AQSh prezidenti bilan telefon muloqotidan soʻng maʼlum qildi. Bundan tashqari, Meksikaga nisbatan yangi boj siyosati ham bir oyga toʻxtatildi.

Biroq Xitoyga nisbatan bunday tartib joriy etilmagan. Rasmiy Pekin AQShga qarshi chora koʻrishni boshladi. Xitoy Qoʻshma Shtatlardan koʻmir va suyultirilgan gazga 15 foizlik boj qoʻyadi, deya maʼlum qildi Davlat kengashi. Pekin, shuningdek, AQShdan neft va qishloq xoʻjaligi texnikasiga 10 foizlik boj joriy etishga qaror qildi.

Mazkur voqealar jahon fond bozorlarida aksiyalar yana tushushiga olib kelishi ehtimoli mavjud. Bu yoʻqotishlarga qaramay, Mask hali ham milliarderlar roʻyxatida yetakchilik qilmoqda. Uning sof boyligi 410 milliard dollarni tashkil etib, eng yaqin taqibchisi Jeff Bezosdan 160 milliard dollarga oldinda bormoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+