11 990.530 so‘m

decrease

-13.940

13 959.380 so‘m

decrease

-34.230

150.710 so‘m

increase

0.490

11 990.530 so‘m

decrease

-13.940

16-may, 17:09
Iqtisodiyot
379

Aprel oyida uy-joy bozori qanday oʻzgardi?

Ikki oy davom etgan pasayishdan soʻng, aprel oyida Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozori tiklanish alomatlarini koʻrsatdi.

Jumladan, ushbu davrda koʻchmas mulk bozorida 24 mingta bitim tuzilib, faollik oʻtgan oyga nisbatan 20 foizga oshdi.

Aprel oyida uy-joy bozori qanday oʻzgardi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Koʻchmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikki oylik pasayishdan soʻng, aprel oyida barqaror tiklanishni namoyon etdi. Oy davomida tuzilgan bitimlar soni 20%ga oshib, 24 mingtaga yetdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisobotida keltirilgan.

Hududiy oʻsish

Aprel oyida respublikaning barcha hududlarida bitimlar soni oshdi. Eng yuqori oʻsish Namanganda (39%), Samarqandda (29%) va Buxoroda (27%) qayd etildi.

Ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari

Oʻrtacha uy-joy narxlari mart oyiga nisbatan 1,3%ga, yillik hisobda esa 2,4%ga oshdi. Eng yuqori oʻsish Jizzax, Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda kuzatildi.

Toshkent shahridagi holat

Poytaxtda bozor nisbatan barqaror boʻlib qoldi. Ikkilamchi bozorda narxlar 0,3%ga pasaydi, yillik hisobda esa ikkilamchi uy-joylar 6,3%ga, birlamchi uy-joylar 4,2%ga arzonlashdi.

  • Ikkilamchi bozordagi eng katta pasayish: Chilonzor (10,7%), Mirzo Ulugʻbek (9,4%), Yashnobod (8,2%)
  • Birlamchi bozordagi eng katta pasayish: Uchtepa (15,3%), Shayxontohur (13,3%), Yunusobod (8,8%)

Ijara bozori

Aprel oyida Toshkentda ijara narxlari barqaror qoldi — oʻrtacha 1 kv.m uchun 8,1 dollar. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxlari 10,4 dollargacha yetdi. Yillik hisobda ijara narxlari 3%ga pasaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+