12 055.810 so‘m

increase

36.540

14 008.850 so‘m

increase

24.430

169.060 so‘m

increase

3.410

12 055.810 so‘m

increase

36.540

8 soat avval
Bozor
42

Aprel oyida Oʻzbekiston avtomobil bozorida sotuvlar kamaydi

Aprel oyida Oʻzbekistonda avtotransport vositalari savdosi yillik hisobda 1,9 foizga kamayib, 88,2 ming donani tashkil etdi. Shu bilan birga, elektromobillar savdosi qariyb ikki barobar oshgan.

Aprel oyida Oʻzbekiston avtomobil bozorida sotuvlar kamaydi
Foto: AI/Pinkod.uz

Aprel oyida respublika boʻyicha barcha turdagi avtotransport vositalari savdosi 88,2 ming donani tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 foizga kam.

Shu bilan birga, yil boshidan buyon mamlakatda avtotransport vositalari savdosi umumiy hisobda 348,5 ming donaga yetdi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga koʻp.

Hududlar kesimida eng yuqori oʻsish Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda avtomobil bozori hajmi 11,8 foizga oshgan. Keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyati 11 foiz, Samarqand viloyati esa 10,9 foiz oʻsish bilan qayd etilgan.

Birlamchi avtomobil bozori

Aprel oyida yangi yengil avtomobillar savdosi 24,9 ming donani tashkil qildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga kam.

Savdoning asosiy qismi mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar hissasiga toʻgʻri kelgan. Xususan, aprel oyida mahalliy yengil avtomobillar savdosi qariyb 21,3 ming donaga yetgan va yillik hisobda 4 foizga oshgan.

Birlamchi bozordagi umumiy pasayish asosan xorijiy avtomobillar savdosining qisqarishi bilan bogʻliq. Aprelda yangi xorijiy avtomobillar savdosi taxminan 3,6 ming donani tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizdan koʻproqqa kamaygan.

Ikkilamchi avtomobil bozori

Ikkilamchi bozorda ham talab pasaygan. Aprel oyida foydalanilgan yengil avtomobillar savdosi 43,7 ming donani tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan 15 foizdan ortiqqa kam.

Elektromobillar bozori

Elektromobillar segmentida esa oʻsish davom etmoqda. Aprel oyida 8,1 mingta elektromobil sotilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar koʻp.

Yillik hisobda elektromobillar savdosi deyarli barcha hududlarda oshgan. Faqat Samarqand viloyatida bozor faolligi oʻtgan yilga nisbatan 34 foizga kamaygan.

Eng yuqori savdo hajmi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelgan. Poytaxtda 5,56 mingdan ortiq elektromobil sotilgan. Shu tariqa, mamlakatdagi elektromobillar savdosining qariyb 70 foizi Toshkent shahrida amalga oshirilgan.

Hududlar orasida Toshkent va Fargʻona viloyatlari ham yuqori koʻrsatkich qayd etgan. Bu viloyatlarda mos ravishda 573 ta va 464 ta elektromobil sotilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+