11 797.920 so‘m

decrease

-15.290

13 739.860 so‘m

increase

20.000

138.000 so‘m

increase

1.290

11 797.920 so‘m

decrease

-15.290

Yaqin 27 daqiqa ichida
Texnologiya
34

Apple yangi AirPods va Apple Watch modellarini taqdim etdi

Apple AirPods 5, Apple Watch Series 12 va Apple Watch Ultra 4 modellarini taqdim etdi. Qurilmalarning AQShdagi boshlangʻich narxi mos ravishda 129, 399 va 799 dollarni tashkil etadi.

Apple yangi AirPods va Apple Watch modellarini taqdim etdi

AirPods 5

AirPods 5’ning ikkala versiyasi ham faol shovqinni soʻndirish funksiyasiga ega. Yangi quloqchinlar AirPods 4’ning ANC’li versiyasiga nisbatan tashqi shovqinni 50 foiz koʻproq kamaytiradi.

Qurilma Adaptive Audio, suhbat boshlanganda musiqa ovozini pasaytirish, Siri AI va jonli tarjima funksiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Foydalanuvchi Siri savollariga boshini qimirlatish orqali ham javob berishi mumkin.

Simsiz quvvatlash qutisiga ega versiya ANC bilan 5 soatgacha, quti bilan esa 22 soatgacha ishlaydi. Unda quloqchin bandi boʻylab barmoqni surish orqali ovoz balandligini oʻzgartirish imkoni ham mavjud.

Apple Watch Series 12 va Ultra 4

Ikkala soat ham yangi S11 chipi va yurak urishini har besh soniyada oʻlchaydigan Health Sensing System bilan jihozlangan. Readiness funksiyasi foydalanuvchining faolligi, mashgʻulot yuklamasi, uyqusi va boshqa koʻrsatkichlarini tahlil qilib, organizmning kunga tayyorlik darajasini 10 ballik tizimda baholaydi.

Apple Watch Series 12 42 va 46 millimetrli korpuslarda chiqariladi. U odatiy foydalanishda 24 soatgacha ishlaydi, 15 daqiqalik quvvatlash esa yana 12 soatlik ishlash imkonini beradi.

Sportchilar va ekstremal sharoitlar uchun moʻljallangan Apple Watch Ultra 4 odatiy rejimda 50 soatgacha, energiyani tejash rejimida 84 soatgacha ishlaydi. Maxsus mashgʻulot rejimida GPS va yurak urishi nazoratini 45 soatgacha uzluksiz davom ettirish mumkin.

AQShdagi boshlangʻich narxlari

  • AirPods 5 — 129 dollar;
  • simsiz quvvatlash qutisiga ega AirPods 5 — 149 dollar;
  • Apple Watch Series 12 — 399 dollar;
  • Apple Watch Ultra 4 — 799 dollar.

Barcha qurilmalar uchun oldindan buyurtmalar qabul qilinishi boshlangan. Rasmiy sotuvlar 18 sentabrda ochiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+