11 813.210 so‘m

increase

23.880

13 719.860 so‘m

increase

17.120

136.710 so‘m

increase

0.230

11 813.210 so‘m

increase

23.880

1 soat avval
Texnologiya
46

Apple iPhone 18 Pro va Pro Max’ni taqdim etdi — narxlar 100 dollarga oshdi

iPhone 18 Pro narxi 1 199 dollardan, Pro Max’niki esa 1 299 dollardan boshlanadi. Bu avvalgi avlodga nisbatan 100 dollarga qimmat.

Apple iPhone 18 Pro va Pro Max’ni taqdim etdi — narxlar 100 dollarga oshdi

Apple 9 sentabr kuni oʻtkazilgan “Surprise and shine” taqdimotida iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellarini namoyish qildi.

Yangi smartfonlar tashqi koʻrinish jihatidan iPhone 17 Pro seriyasiga yaqin qolgan. Alyuminiy korpus, orqa tomondagi kamera paneli va bugʻ kamerasi orqali sovitish tizimi saqlab qolingan. Biroq orqa shisha endi korpus rangiga moslashtirilgan.

2 nanometrli A20 Pro chipi

Asosiy yangiliklar qurilmaning ishlash tezligi, kamerasi va batareyasiga toʻgʻri keladi. Smartfonlarda 2 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqarilgan A20 Pro chipi oʻrnatilgan.

Chipning olti yadroli markaziy protsessori ikkita yuqori unumdorlikka ega va toʻrtta energiya tejovchi yadrodan iborat. Apple maʼlumotiga koʻra, yuqori unumdor yadrolar avvalgi avlodga nisbatan 20 foiz tezroq ishlaydi.

Yetti yadroli grafik protsessor grafik unumdorlikni 40 foizga oshirgan. Bundan tashqari, chipga ikkinchi Neural Engine qoʻshilib, neyron yadrolarining umumiy soni 32 taga yetkazilgan. Natijada sunʼiy intellekt vazifalarini bajarish tezligi ikki baravar oshgan.

Sovitish tizimi ham qayta ishlangan. Yangi bugʻ kamerasining yuzasi iPhone 17 Pro’dagi tizimga nisbatan uch baravar katta. Bu qurilmaning uzoq vaqt yuqori yuklamada ishlash unumdorligini 40 foizga oshirishi aytilmoqda.

Batareya 45 soatgacha video koʻrishga yetadi

iPhone 18 Pro bir quvvatlashda 36 soatgacha, iPhone 18 Pro Max esa 45 soatgacha video namoyish qilishi mumkin. Sim orqali 15 daqiqa quvvatlash iPhone 18 Pro’da olti soat video koʻrishga yetadi.

Sim orqali 15 daqiqa quvvatlash iPhone 18 Pro’da olti soat video koʻrishga yetadi. Apple buni iPhone tarixidagi eng uzoq batareya ishlash vaqti sifatida taqdim etdi.

Oʻzgaruvchan diafragmali kamera

Kamera tizimidagi asosiy oʻzgarish — 48 megapikselli bosh kameraga oʻzgaruvchan diafragma oʻrnatilgani boʻldi. Olti parrakdan iborat mexanizm obʼektivga kiradigan yorugʻlik miqdorini boshqarish imkonini beradi.

Kam yorugʻlik sharoitida diafragma kengayib, sensorga koʻproq yorugʻlik oʻtkazadi. Bu tungi rejimda suratga olishni tezlashtiradi va tasvir sifatini yaxshilaydi. Foydalanuvchi diafragma va fon xiraligini qoʻlda boshqarishi ham mumkin.

Apple kameraga professional boshqaruv vositalarini ham qoʻshgan. Ular orqali surat va video olishda zatvor tezligi kabi sozlamalarni oʻzgartirish mumkin. Shu bilan birga, qurilmalar Dolby Vision HDR formatida 4K aniqlikda taymlaps video olishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Kichraytirilgan Dynamic Island endi bir vaqtning oʻzida uchta Live Activity’ni koʻrsata oladi. Smartfonlarda Apple Intelligence va yangilangan Siri AI funksiyalarini qurilmaning oʻzida ishga tushirish imkoniyatlari ham kengaytirilgan.

iPhone 18 Pro va Pro Max toʻrt xil — qora, och koʻk, muzsimon kumush va bordo ranglarda taklif qilinadi.

Narxlar 100 dollarga oshdi

Ikkala model ham 256 GB xotiradan boshlanadi. iPhone 18 Pro’ning AQShdagi boshlangʻich narxi 1 199 dollar, iPhone 18 Pro Max’niki esa 1 299 dollar etib belgilangan.

Taqqoslash uchun, iPhone 17 Pro va Pro Max mos ravishda 1 099 hamda 1 199 dollardan sotilgan. Demak, yangi Pro modeli 9,1 foizga, Pro Max esa 8,3 foizga qimmatlashgan.

Qurilmalar uchun oldindan buyurtmalar 12 sentabrda ochiladi. Rasmiy sotuvlar esa 18 sentabrdan boshlanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+