12 169.410 so‘m

increase

36.930

14 359.900 so‘m

decrease

-0.100

158.950 so‘m

decrease

-0.140

12 169.410 so‘m

increase

36.930

5 soat avval
Texnologiya
22

Apple 4 mart kuni arzon narxdagi MacBook’ni taqdim etadi

Apple 4 mart kuni byudjet segmentiga moʻljallangan yangi MacBook modelini taqdim etishi kutilmoqda. Qurilma A18 Pro chipi bilan jihozlangan boʻlib, kundalik vazifalar uchun yetarli unumdorlikni taklif etadi. Narxlar $599–$750 atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Apple 4 mart kuni arzon narxdagi MacBook’ni taqdim etadi
Foto: AI/Pinkod.uz

Apple endilikda bozor strategiyasiga byudjet modellari kiritmoqda. 

Katta ehtimol bilan, kompaniya 2026 yil 4 martda yangi, arzon narxli Macbook’ni taqdim etadi. Bu noutbuk soʻnggi yillardagi eng qulay narxli Apple qurilmasi boʻlib, Chromebook’lar bilan raqobatlashishga moʻljallangan. 

Yangi MacBook foydalanuvchilarga Apple ekotizimiga kirish uchun qulay variant taklif qiladi. Mavjud MacBook Air va Pro liniyalariga nisbatan xarajatlarni tejash uchun Apple bir qator oʻzgartirishlar kiritilgan. Qurilma Phone 16 Pro modellarida ishlatilgan A18 Pro chipi bilan keladi. Macworld maʼlumotlariga koʻra, A18 Pro’ning yagona yadro ishlash tezligi M3 chipiga yaqin boʻlib, internetda sayr qilish, hujjatlarni tahrirlash va yengil fotosurat ishlash kabi kundalik vazifalar uchun yetarli. 

Yangi Macbook narxi aniq 1000 dollardan arzon boʻladi. Mish-mishlarga koʻra, taxminiy narx $599–$750 oraligʻida boʻladi. Hozir Appleʼning eng arzon MacBookʼi MacBook Air M4 boʻlib, uning boshlangʻich narxi 999 dollarni tashkil qiladi.

Apple's Budget MacBook: A18 Pro Chip, Under $1000, and Playful Colors  Coming in March — BigGo Finance

Qurilmaning korpusi premium alyuminiydan ishlab chiqariladi, ammo yangi, xarajatlarni kamaytiradigan texnologiya qoʻllanadi. Ranglar politrasida Apple yosh foydalanuvchilarni qamrab olish uchun yorqin ranglardan foydalanadi. Bular qatorida sariq, och yashil, koʻk, pushti, kumush va kulrang mavjud. 

Macbook ekranining oʻlchami 13 dyuymdan biroz kichik, taxminan 12,9 dyuym boʻlishi kutilmoqda. 

Qurilmada kamida 8GB RAM va 256 saqlash hajmi boʻladi. Xarajatlarni kamaytirish maqsadida noutbuk portlar soni cheklangan boʻlib, ehtimol bitta USB-C port bilan chegaralanadi va Thunderbolt qoʻllab-quvvatlanmaydi (faqat 10Gb/s USB tezligi). Bu esa faqat bitta tashqi displeyni qoʻllab-quvvatlashini anglatadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+