12 938.110 so‘m

increase

18.110

14 076.660 so‘m

decrease

-25.520

149.990 so‘m

increase

0.470

12 938.110 so‘m

increase

18.110

06-fevral, 13:50
Texnologiya

Apple 2025 yilda nimalarni taqdim qiladi?

Bu yil Apple uchun innovatsiyalarga boy yil boʻlishi kutilmoqda.

Apple 2025 yilda nimalarni taqdim qiladi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Bahorgi tadbir (mart/aprel)

Apple yilni iPhone SE 4’ni taqdim etish bilan boshlashi mumkin. Mish-mishlarga koʻra, ushbu model nihoyat Touch ID’dan Face ID’ga oʻtadi va dizayni iPhone XR yoki hatto iPhone 12’ga oʻxshashi mumkin.

MacBook Air ham M4 chipi bilan yangilanib, 13 va 15 dyuymli variantlarda taqdim qilinishi kutilmoqda. Shu bilan birga, iPad Air ham M4 chip bilan yangilanishi mumkin va iPad’lar uchun yangi Magic Keyboard taqdim etilishi ehtimoli bor.

Apple, shuningdek, yaxshilangan joylashuv imkoniyatlariga ega AirTag 2 hamda smart uy uchun yangi hab taqdim qilishi mumkin. Bu qurilma homeOS tizimida ishlaydigan 6 dyuymli displeyli planshet shaklida boʻlib, Apple Intelligence yordamida uy boshqaruvini soddalashtiradi.

WWDC (iyun)

Worldwide Developers Conference (WWDS) tadbirida Apple odatda operatsion tizimlarining yangi avlodini namoyish etadi. Tadbirda iOS 19, iPadOS 19, macOS 16, watchOS 12, tvOS 19 hamda realityOS yangilanishlari taqdim qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, kompaniya professional foydalanuvchilar uchun M4 Max va M4 Ultra chiplariga ega yangi Mac Studio kompyuterini taqdim etishi mumkin.

Sentabr tadbiri

Apple anʼanaviy ravishda sentabr oyida yangi iPhone’larni taqdim etadi. iPhone 17 seriyasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:

  • iPhone 17 Air — hozirgi modellar bilan solishtirganda ancha ingichka boʻlishi (taxminan 5,5-6 mm);
  • iPhone 17, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max — dizayn haqida aniq tahminlar hozircha mavjud emas. Smartfon dizayni butunlay oʻzgarishi yoki har doimgi holatida qolishi mumkin.
  • Apple Watch Series 11 esa qon bosimini oʻlchash kabi yangi sogʻliq monitoringi funksiyalariga ega boʻlishi ehtimoli mavjud. Apple Watch Ultra 3 va Apple Watch SE 3 ham taqdim etilishi kutilmoqda, Ultra model esa favqulodda holatlar uchun sunʼiy yoʻldoshga ulanish funksiyasiga ega boʻlishi mumkin.

Shuningdek, AirPods Pro’ning yangi yaxshilangan ovoz sifati va sogʻliq bilan bogʻliq yangi funksiyalarni oʻz ichiga versiyasi chiqarilishi mumkin.

2025 yil oxiri (oktabr/noyabr)

Yil oxirida Apple M4 Ultra yoki M4 Extreme chipiga ega yangi Mac Pro’ni taqdim etishi mumkin.

Bundan tashqari, M5 chipi ilk bor MacBook Pro seriyasida paydo boʻlishi mumkin, biroq ushbu modelning jiddiy dizayn oʻzgarishlari faqat 2026 yilda boʻlishi kutilmoqda.

Mazkur maʼlumotlar prognoz va insaydlar asosida tayyorlangan boʻlib, tadbirlar vaqtida Apple har qanday yaxshi yoki yomon syurprizlarni eʼlon qilishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+