12 927.170 so‘m

increase

36.740

14 717.580 so‘m

decrease

-3.290

155.730 so‘m

decrease

-0.310

12 927.170 so‘m

increase

36.740

5 kun avval
Bank

Apex bank birinchi chorak yakuni boʻyicha qariyb 27 mlrd soʻm zarar qayd etdi

Taʼkidlash joizki, bank oʻtgan yilning mazkur davrini 2,9 milliard soʻm zarar bilan yakunlagan edi. Bu esa bir yil ichida zarar miqdori 823 foizdan koʻproqqa oshganini koʻrsatadi.

Apex bank birinchi chorak yakuni boʻyicha qariyb 27 mlrd soʻm zarar qayd etdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Apex bank 2025 yilning birinchi choragiga doir moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, bank ushbu chorakni 26,7 milliard soʻm zarar bilan yakunladi. Maʼlumot uchun, moliyaviy hisobotlarini eʼlon qilgan banklar orasida hozircha Apex bank zarar qayd etgan yagona bank hisoblanadi.

Bankning jami aktivlari 1,3 trillion soʻmni tashkil qilmoqda. Foizli daromadlar 16,8 milliard soʻmga yetgan boʻlsa-da, kredit va lizing faoliyatidan kelib chiqadigan ehtimoliy zararlar hisobga olingach, bu yoʻnalish boʻyicha 6,5 milliard soʻmlik sof zarar qayd etilgan.

Shu bilan birga, bankning foizsiz daromadlari 15 milliard soʻmni tashkil qilgan. Barcha xarajatlar hisobga olinganda, umumiy moliyaviy natija salbiy boʻlib,  Apex bank chorakni 26,7 milliard soʻmlik sof zarar bilan yakunlagan.

Taʼkidlash joizki, bank 2024 yilning birinchi choragini 2,9 milliard soʻm zarar bilan yakunlagan edi. Bu esa bir yil ichida zarar miqdori 823,4 foizga oshganini koʻrsatadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+