11 980.360 so‘m

decrease

-30.090

13 134.070 so‘m

decrease

-66.620

145.620 so‘m

decrease

-0.020

11 980.360 so‘m

decrease

-30.090

Yaqin 2 soat ichida
Texnologiya
19

Anthropic tarixdagi eng yirik IPO‘ni amalga oshirdi

Claude sunʼiy intellekt modeli ishlab chiquvchisi Anthropic aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali 81,3 mlrd dollar jalb qilib, tarixiy rekord oʻrnatdi. Kompaniyaning bozor qiymati 1,5 trln dollarga baholandi va u iyun oyida SpaceX oʻrnatgan rekordni yangiladi.

Anthropic tarixdagi eng yirik IPO‘ni amalga oshirdi

AQShning Anthropic kompaniyasi 18 noyabr kuni aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi narxini har biri uchun 83 dollar etib belgiladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Kompaniya IPO doirasida jami 980 mln dona aksiya taklif qildi. Shundan 956,4 mln donasi Anthropic tomonidan, qolgan 23,6 mln donasi esa amaldagi aksiyadorlar tomonidan sotilmoqda.

Dastlab aksiyalarni 70–78 dollar oraligʻida joylashtirish rejalashtirilgan edi. Biroq investorlarning yuqori talabi sabab yakuniy narx 83 dollarga koʻtarildi.

Shu tariqa Anthropic iyun oyida IPO orqali qariyb 75 mlrd dollar jalb qilgan SpaceX rekordini 6,3 mlrd dollarga yangiladi.

Anthropic aksiyalari 19 noyabrdan Nasdaq birjasida “ANT” tikeri ostida savdoga chiqarilishi kutilmoqda. Joylashtirish jarayoni 20 noyabrda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Kompaniya oʻsishining asosiy omillaridan biri Claude sunʼiy intellekt modellari, xususan, dasturchilar uchun moʻljallangan Claude Code xizmatiga talabning ortishi boʻldi.

Anthropic'ning yillik hisobga keltirilgan daromad koʻrsatkichi oktabr oxirida 81 mlrd dollarga yetgan. Shu bilan birga, kompaniya sunʼiy intellekt infratuzilmasiga katta mablagʻ sarflamoqda. Faqat 2026 yilning birinchi yarmida hisoblash quvvatlari va infratuzilmaga qariyb 9 mlrd dollar yoʻnaltirilgan.

Kompaniya hali barqaror foyda olishga erishmagan. IPO orqali jalb qilinayotgan mablagʻlar esa sunʼiy intellekt modellarini rivojlantirish va hisoblash infratuzilmasini kengaytirishda muhim moliyalashtirish manbai boʻlishi mumkin.

Anthropic'ning asosiy raqobatchisi OpenAI ham 2027 yilda IPO oʻtkazishi mumkinligi haqida xabarlar mavjud.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+