11 899.090 so‘m

increase

1.190

13 298.420 so‘m

decrease

-37.940

141.530 so‘m

increase

1.350

11 899.090 so‘m

increase

1.190

Yaqin 1 soat ichida
Bank
20

ANORBANK’ning toʻqqiz oylik sof foydasi ikki baravardan koʻproq kamaydi

Bankning sof foydasi 2025 yilning yanvar–sentabr oylaridagi 235,9 mlrd soʻmdan 104,5 mlrd soʻmga tushgan. Bu 131,4 mlrd soʻmlik yoki 55,7 foizlik pasayish degani. 

ANORBANK’ning toʻqqiz oylik sof foydasi ikki baravardan koʻproq kamaydi

ANORBANK 2026 yilning yanvar–sentabr oylariga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi.

Hisobotga koʻra, bank toʻqqiz oyda 104,5 mlrd soʻm sof foyda olgan. Taqqoslash uchun, 2025 yilning shu davrida bu koʻrsatkich 235,9 mlrd soʻmni tashkil etgan edi. Shu tariqa, ANORBANK’ning sof foydasi bir yil ichida 2,26 baravar yoki 55,7 foizga kamaygan.

Choraklar kesimida bank birinchi chorakda 84,1 mlrd soʻm foyda olgan. Ikkinchi chorak 4,9 mlrd soʻmlik zarar bilan yakunlangan boʻlsa, uchinchi chorakda bank 25,3 mlrd soʻm foyda qayd etgan.

Taqqoslash uchun, 2025 yilning uchinchi choragida bankning sof foydasi 133,7 mlrd soʻm boʻlgan. Demak, joriy yilning iyul–sentabr oylaridagi foyda yillik hisobda 81,1 foizga qisqargan.

Toʻqqiz oy davomida ANORBANK’ning foizli daromadlari 2,98 trln soʻmni, foizli xarajatlari esa 2,3 trln soʻmni tashkil qilgan. Bank xodimlarning ish haqi va ular bilan bogʻliq xarajatlarga 313,8 mlrd soʻm sarflagan. Jami operatsion xarajatlar 713,3 mlrd soʻmga yetgan.

Sentabr oxirida bankning jami aktivlari 20,3 trln soʻmni tashkil etib, uch oy ichida 8,4 foizga oshgan. Kredit portfeli 7,2 foizga koʻpayib, 12,7 trln soʻmga, bankning oʻz kapitali esa 1,51 trln soʻmga yetgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+