12 190.570 so‘m

increase

18.390

14 303.200 so‘m

decrease

-53.890

157.480 so‘m

increase

0.030

12 190.570 so‘m

increase

18.390

17-oktabr, 2025
Bank
756

Anorbankning 9 oylik sof foydasi ikki barobardan koʻproq oshdi

Joriy yilning dastlabki toʻqqiz oyida Anorbank 235,9 milliard soʻm sof foyda koʻrdi. Bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 134,5 foizga yoki 135 milliard soʻmga koʻpdir.

Anorbankning 9 oylik sof foydasi ikki barobardan koʻproq oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Anorbank 2025 yilning yanvar–sentabr oylariga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, bankning sof foydasi oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

Joriy yilning dastlabki toʻqqiz oyida Anorbank 235,9 milliard soʻm sof foyda koʻrdi. Bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 134,5 foizga yoki 135 milliard soʻmga koʻpdir.

Shu tariqa, bankning sof foydasi ikki barobardan ham ortiq oshgan. Maʼlumot uchun, 2024 yilning yanvar–sentabr oylarida bank 100,5 milliard soʻm foyda olgan edi.

Bankning foizli daromadlari 2,3 trillion soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga qaraganda 1,2 trillion soʻmga koʻpaydi. Shu bilan birga, foizli daromadlar 523,6 milliard soʻmga yetdi.

Bank 9 oyda xodimlar oyligi va  boshqa xarajatlariga 197,2 mlrd sarfladi(+11,6 y/y). Shuningdek, bank davlat byudjetiga 50,2 milliard soʻm miqdorida daromad soligʻi toʻlagan. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+