11 813.210 so‘m

increase

23.880

13 719.860 so‘m

increase

17.120

136.710 so‘m

increase

0.230

11 813.210 so‘m

increase

23.880

Yaqin 20 daqiqa ichida
Bank
55

ANORBANK oʻzining sugʻurta kompaniyasini tashkil etdi

ANORBANK yangi tashkil etilgan “Anor Sugʻurta” aksiyadorlik jamiyatining 100 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Kompaniya bankning uchinchi toʻliq nazoratidagi shoʻba korxonasiga aylandi.

ANORBANK oʻzining sugʻurta kompaniyasini tashkil etdi

ANORBANK kuzatuv kengashi 2026 yil 27 avgust kuni “Anor Sugʻurta” AJni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqdagi maʼlumot 8-sentabr kuni Korporativ axborot yagona portalida oshkor qilindi.

Yangi kompaniya Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 5-tor koʻcha, 4-uy manzilida roʻyxatdan oʻtkazilgan. U bankning shoʻba xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatiga kiritildi.

Natijada ANORBANK’ning toʻliq egaligidagi shoʻba kompaniyalari soni uchtaga yetdi. Bank “Anor Sugʻurta”dan tashqari, Anor Estate va Anor Tech kompaniyalaridagi 100 foiz ulushni ham nazorat qiladi.

Anor Estate bank bilan bir xil — Toshkent shahri Yashnobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 85-uy manzilida joylashgan. Anor Tech esa Yashnobod tumanidagi Toʻytepa mahallasi, Istiqbol koʻchasi, 21-uyda roʻyxatdan oʻtgan.

ANORBANK ilovasida avvaldan ham sugʻurta xizmatlari, jumladan, majburiy avtosugʻurta polisini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati mavjud edi. Biroq bu xizmatlar hamkor sugʻurta kompaniyalari orqali koʻrsatilgan.

Oʻz sugʻurta kompaniyasining tashkil etilishi bank xizmatlari ekotizimini sugʻurta yoʻnalishiga kengaytirayotganini koʻrsatishi mumkin. Shunga qaramay, oshkor qilingan muhim faktda “Anor Sugʻurta”ning ustav kapitali, rahbari, faoliyat boshlash sanasi va taklif etadigan mahsulotlari keltirilmagan. Kompaniya sugʻurta xizmatlarini qachondan koʻrsata boshlashi ham hozircha maʼlum emas.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+