12 994.590 so‘m

increase

13.700

14 761.850 so‘m

increase

38.920

157.680 so‘m

decrease

-0.990

12 994.590 so‘m

increase

13.700

03-aprel, 14:43
Texnologiya

Amazon TikTok’ni sotib olmoqchi — New York Times

Bu hodisa AQSh hukumati tomonidan TikTok’ni sotish uchun belgilangan 5 aprel muddati arafasida sodir boʻldi.

Amazon TikTok’ni sotib olmoqchi — New York Times
Foto: AI / Pinkod.uz

Amazon TikTok’ni sotib olish uchun soʻnggi daqiqalarda taklif berdi, deya xabar bermoqda NY Times. 

Bu hodisa AQSh hukumati tomonidan belgilangan 5 aprel muddati arafasida sodir boʻldi. Ushbu muddatga koʻra, TikTok’ning ota kompaniyasi ByteDance AQShdagi faoliyatini sotishi yoki milliy xavfsizlik sababli butun mamlakat boʻylab bloklanish xavfi ostida qolishi kerak.

Xabarlarga koʻra, Amazon’ning taklifi AQSh vitse-prezidenti JD Vanc va Savdo kotibi Govard Lyutnikʼga yoʻllangan xat orqali bildirilgan. Biroq, muzokaralarda ishtirok etayotgan ayrim rasmiylar Amazon’ning taklifini jiddiy variant sifatida koʻrmayotgani haqida xabar berilgan.

Amazonʼning TikTok’ga boʻlgan qiziqishi kompaniyaning elektron tijorat imkoniyatlarini kengaytirish istagi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. TikTok mahsulotlarni kashf etish va xarid qilish uchun muhim platformaga aylangan boʻlib, TikTok Shop kabi funksiyalar esa bevosita xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi. Amazon TikTok’ni sotib olgan taqdirda, yoshroq isteʼmolchilarni jalb qilish va ijtimoiy savdoni oʻz ekotizimiga integratsiya qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bu jarayonning asosi 2024 yilda qabul qilingan AQSh qonuniga borib taqaladi. Ushbu qonunga koʻra, ByteDance TikTok’ning AQShdagi faoliyatini sotishi shart, chunki u maʼlumotlar maxfiyligi va milliy xavfsizlik bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 

AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari ushbu muddatni 2025 yil 5 aprelgacha uzaytirgan va TikTok’ning AQShda faoliyat yuritishda davom etishini maʼqul koʻrayotganini bildirgan.

Avvalroq, TikTok ilovasining egasi boʻlgan ByteDance kompaniyasi asoschisi, 41 yoshli Chjan Imin Xitoyning eng boy odami sifatida tan olingan edi. Chjan hozirda Osiyoda uchinchi eng boy inson boʻlib, faqat hindistonlik Mukesh Ambani va Gautam Adani undan oldinda turibdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+