12 496.940 so‘m

decrease

-62.320

14 405.220 so‘m

decrease

-7.790

159.380 so‘m

decrease

-0.790

12 496.940 so‘m

decrease

-62.320

11-iyun, 18:22
Bank

“Aloqabank” ustav kapitalini 700 mlrd soʻmga oshirmoqda

“Aloqabank” AT tomonidan har birining qiymati 1 soʻmdan boʻlgan, 700 mlrd dona oddiy aksiyalar chiqarildi. Emissiya 11 iyun kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, aksiyalar yopiq obuna orqali, imtiyozli huquq asosida joylashtiriladi.

“Aloqabank” ustav kapitalini 700 mlrd soʻmga oshirmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

“Aloqabank” ustav kapitalini 700 milliard soʻmga oshirmoqda. Bu haqda Korporativ maʼlumotlar yagona portalida maʼlumot berilgan.

Taʼkidlanishicha, mazkur emissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi PQ-62-sonli qaroriga muvofiq, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Bank tomonidan chiqarilayotgan qoʻshimcha aksiyalar 1 soʻmlik nominal qiymatga ega boʻlib, ularning umumiy soni 700 milliard donani tashkil etadi. Aksiyalar oddiy, egasining nomi yozilgan, hujjatsiz shaklda boʻlib, yopiq obuna yoʻli bilan, imtiyozli huquq asosida joylashtiriladi.

Imtiyozli huquq asosida joylashtirilganidan soʻng qolgan aksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida beriladi.

Mazkur emissiya 2025 yil 11 iyun kuni P0021-31 raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Aksiyalarni joylashtirish muddati roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil etib belgilangan. Joylashtirish esa tegishli eʼlonlar berilganidan 11-kun boshlab boshlanadi.

Toʻlovlar naqd boʻlmagan shaklda, faqat milliy valyutada amalga oshiriladi. Aksiyalar bozor qiymatida, biroq nominal qiymatdan past boʻlmagan narxda sotiladi.


Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 11 dekabr kuni ham “Aloqabank”ustav kapitalini oshirish maqsadida, umumiy qiymati 500 milliard soʻmlik oddiy aksiyalar emissiyasini amalga oshirgan edi. 

Oʻsha vaqtda bu aksiyalar imtiyozli davr tugaganidan soʻng besh nafar jismoniy shaxslar oʻrtasida birjadan tashqari bozorda toʻgʻridan-toʻgʻri joylashtirilishi mumkinligi taʼkidlangan.

Mazkur jarayon yuzasidan Pinkod jurnalistik material eʼlon qilgan edi. Surishtiruvga koʻra, “Aloqabank” ustaviga qoʻshilishi mumkin boʻlgan besh nafar investorlar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud boʻlib, ularning “Ishonch” doʻkonlari tarmogʻiga aloqadorligi aniqlangan.

Material tafsilotlari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+