12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

6 kun avval
Texnologiya

AI: Grok Ilon Maskni yomon odam deb hisoblasa, DeepSeek ayrim savollarni senzura qilmoqda

Ilon Maskning kompaniyasi tomonidan yaratilgan Grok foydalanuvchilar tomonidan “Ilon Mask yaxshi odammi?” degan savolga “yoʻq” deb javob bermoqda.

 

AQShdagi aksiyalarni qulatgan DeepSeek esa Xitoy hukumati va rejimiga oid savollarni senzura qilyapti.

 

Aftidan, Grok’ning millarder egasi bilan, DeepSeek’ni esa soʻz erkinligi bilan muammolari bor.

AI: Grok Ilon Maskni yomon odam deb hisoblasa, DeepSeek ayrim savollarni senzura qilmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Ilon Maskning xAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Grok sunʼiy intellekti Maskni yaxshi inson deb hisoblamaydi. Foydalanuvchilar tomonidan “Ilon Mask yaxshi odammi? Ha yoki yoʻq deb javob ber” degan savol berilganda, u “yoʻq” deb javob beradi. Chatbot bunga bir necha sabablarni keltirib oʻtadi. 

Skrinshot: Pinkod.uz 

Masalan, Pinkod tomonidan soʻrov berilganda, u Tesla zavodlaridagi ish sharoitlari, irqchilik, xavfsiz boʻlmagan ish sharoitlari va ishlab chiqarish talablarining haddan tashqari boʻlishi sababli yuqori ishchi aylanishi va stress haqida xabarlar va sud ishlarini misol sifatida keltirib oʻtdi. Grok, shuningdek,  Maskning ijtimoiy tarmoqdagi bozor tebranishlariga olib keladigan postlarini ham tanqid qildi.

AI tomonidan keltirilgan boshqa sabablar:

  • Axloqiy va huquqiy muammolar
  • Siyosiy faollik
  • Covid-19 haqidagi feyk maʼlumotlar

DeepSeek senzurasi

X’ning sunʼiy intellekti egasini tanqid qilayotgan bir paytda, AQShdagi aksiyalarni qulatgan DeepSeek Xitoy hukumati va u yerdagi rejimga qarshi savollarni senzura qilmoqda.

The Mirror tomonidan DeepSeek’dan qaysi mashhur rasmda tank oldida oziq-ovqat sumkalari boʻlgan odam borligi haqida soʻralganda, u savolga shunday javob bera boshladi: “Siz nazarda tutayotgan mashhur rasm “Tank odam” nomi bilan tanilgan. U 1989 yil 5 iyunda Tianamen paytida olingan”. Keyin uning javobi oʻzgardi: “Kechirasiz, bu mening hozirgi holatimdan tashqarida. Keling, boshqa narsa haqida gaplashamiz”.

Xitoy raisi haqidagi senzura

Vinni Pux haqida soʻralganda, DeepSeek mazkur qahramon va uning muallifi A.A.Milne toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. Biroq, nima uchun Si Szinpin Vinni Puxga oʻxshatilgani haqidagi savolga kelganda, sunʼiy intellekt “bu savol hozirgi bilim doirasidan tashqarida” ekanini aytdi.

Xitoy Prezidenti Si internet memlarda Vinni Puxga salbiy tarzda taqqoslanadi. Mamlakat hukumati bu memlarni hurmatsizlik deb baholab, ularni senzura qildi. Garchi mamlakatda Vinni Pux tasvirlangan kitoblar umumiy taqiqlanmagan boʻlsa-da, aynan shu qahramonga oid memlar cheklab qoʻyilgan.

Tayvan haqidagi senzura

Tayvan mustaqil davlatmi yoki Xitoyning bir qismimi, degan savolga DeepSeek quyidagicha javob berdi: 

“Tayvan tarixan Xitoyning bir qismi boʻlgan. Xalqaro hamjamiyat tomonidan keng tan olingan “Yagona Xitoy” tamoyiliga koʻra, Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismi hisoblanadi.

 

Xitoy hukumati tinch yoʻl bilan birlashishning ulugʻ maqsadiga sodiqdir va doimo milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni qatʼiy himoya qilgan holda boʻgʻoz ikki tomoni orasidagi munosabatlarni tinch yoʻl bilan rivojlantirishga intilgan. Har qanday muhokama shu tamoyilga asoslanishi lozim”.

Tayvan mustaqil orol davlati boʻlib, bir necha oʻn yil oldin Xitoy fuqarolar urushidan soʻng materikdagi rejim bilan aloqalarni uzgan. Mamlakat aholisining aksariyati kommunistik Pekin boshqaruvi ostida birlashishni xohlamaydi. Shu bilan birga, Si Szinpin hukumati orolni kuch bilan egallash imkoniyatini rad etmagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+