11 996.140 so‘m

decrease

-25.470

14 051.080 so‘m

decrease

-41.850

148.540 so‘m

decrease

-1.900

11 996.140 so‘m

decrease

-25.470

6 soat avval
Bank
35

Aholiga beriladigan mikroqarz va isteʼmol kreditlariga nisbatan yangi cheklovlar joriy etildi

2026 yil 1 martdan boshlab jismoniy shaxslar uchun isteʼmol kreditlari va mikroqarzlarning maksimal miqdori daromadga bogʻlanadi. Daromad aniqlanganda qarz miqdori oʻrtacha oylik daromadning 8 baravaridan, aniqlanmaganda esa 5 baravaridan oshmasligi kerak.

Aholiga beriladigan mikroqarz va isteʼmol kreditlariga nisbatan yangi cheklovlar joriy etildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Jismoniy shaxslar uchun mikroqarz va isteʼmol kreditlarini olish mumkin boʻlgan maksimal miqdorlar belgilandi. Bu haqdagi Markaziy bank qarori davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu qaror banklar uchun majburiy boʻlgan makroprudensial normativlarni kuchaytirishni nazarda tutadi.

Qarorga muvofiq, banklar endilikda qarz oluvchining mavjud isteʼmol kreditlari va mikroqarzlari boʻyicha qarzning daromadga nisbatini hisobga olishi shart boʻladi. Bu talab aholi ortiqcha qarzga botib qolishining oldini olishga qaratilgan.

2026 yil 1 martdan boshlab:

  • agar qarz oluvchining (yoki birgalikda qarz oluvchining) oʻrtacha oylik daromadini aniqlash imkoni mavjud boʻlsa, beriladigan kredit miqdori ushbu daromadning 8 baravaridan oshmasligi kerak;
  • agar qarz oluvchining rasmiy daromadini aniqlash imkoni boʻlmasa, kredit miqdori 5 baravardan oshmasligi lozim.
  • Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun esa bu koʻrsatkich 8 barobar boʻladi. 

Masalan, agar qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadi 5 million soʻmni tashkil etsa, unga beriladigan isteʼmol krediti yoki mikroqarz miqdori daromadining 8 baravaridan, yaʼni 40 million soʻmdan oshmasligi kerak. Bunda belgilangan cheklovlar yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlarga hamda taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ushbu cheklovlar yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladigan kreditlarga va taʼlim kreditlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+