11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

10-mart, 2025
Bank
1771

Agrobank raisi Rustam Mamatkulov ishdan ketgani aytilmoqda

Qayd etilishicha, bank rasmiy saytida raislik qiluvchi nomi oʻzgargan.

Agrobank raisi Rustam Mamatkulov ishdan ketgani aytilmoqda

Agrobank ATB boshqaruvi raisi Rustam Mamatkulov lavozimidan ketgan. Bu haqda Platina nashri xabar berdi.

Bank rasmiy saytining "Rahbariyat" boʻlimida rais nomi oʻzgargan. Ammo bu haqda hozircha hech qayerda rasmiy maʼlumot berilmadi. 

Ayni paytda Erkin Qaxorov Agrobank ATBning yangi raisi sifatida koʻrsatilgan. U bu paytgacha raisning birinchi oʻrinbosari edi. 

Rustam Mamatkulov bankni 2019 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. Faoliyati davomida u “Sodiq xizmatlari uchun” medali hamda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Yangi rais Erkin Kaxorov 1988 yil Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida tugʻilgan. 2009 yil Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2017 yil esa Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan. Bank sohasida 15 yildan koʻproq tajribaga ega.

Avvalroq, Xasan Raxmatov Asia Alliance Bank kuzatuv kengashi raisi etib saylangani haqida xabar berilgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+