11 985.100 so‘m

increase

12.750

13 923.090 so‘m

increase

71.080

148.860 so‘m

increase

1.340

11 985.100 so‘m

increase

12.750

1 kun avval
Soliq
47

9 oyda qaysi umumiy ovqatlanish kompaniyasi koʻproq soliq toʻladi?

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida umumiy ovqatlanish sohasi 14,7 trln soʻmlik tovar aylanmasini amalga oshirib, byudjetga 1,25 trln soʻm soliq toʻlagan. Eng yirik soliq toʻlovchilar orasida xalqaro brend KFC (International Foodchain – 72,5 mlrd soʻm), EVOS (Mak Food Servis – 50,3 mlrd soʻm) va Oqtepa Lavash (Oqtepa Food Service – 28,6 mlrd soʻm) yetakchilik qildi.

9 oyda qaysi umumiy ovqatlanish kompaniyasi koʻproq soliq toʻladi?
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning yanvar-sentabr oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 1,25 trln soʻm soliq toʻlandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi. 

Ushbu davrda soha boʻyicha tovar aylanmasi 14,7 trln soʻmni, berilgan soliq imtiyozlari esa 126,6 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Top-20 yirik soliq toʻlovchi korxonalar 244,3 mlrd soʻm soliq toʻlagani bilan ajralib turadi. Bu sohadagi jami soliq tushumining qariyb beshdan bir qismidir. Shu 20 ta korxonaning umumiy tovar aylanmasi 3,26 trln soʻmga teng boʻlib, umumiy aylanmaning 22,2 foizini qamrab olgan.

Korxona nomiToʻlangan soliq (mlrd soʻm)
1International Foodchain MChJ72,5
2Mak Food Servis MChJ50,3
3Oqtepa-Food Service MChJ28,6
4Ketring MChJ25,6
5FeedUp Eco MChJ6,2
6Savdo MChJ6,0
7MaxWay Food MChJ5,2
8PJ Eastern Group MChJ5,2
9French Pastry MChJ4,8
10Chef Catering MChJ4,6
11Vanilla Food MChJ QK4,5
12Bellissimo Pizza International MChJ4,5
13Alfa Best MChJ4,5
14WenCaf MChJ QK3,9
15Dodo Pizza Tashkent MChJ3,6
16Lambic MChJ3,4
17The Choyxona Group MChJ3,0
18Real Business Trade MChJ2,9
19Xonobod Fayz Taomlari MChJ2,9
20Temiryo‘loyo‘lchi Servis MChJ2,9

Eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar orasida KFC Uzbekistan nomi ostida faoliyat olib boruvchi International Foodchain MChJ 72,5 mlrd soʻm bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi oʻrinni Mak Food Servis(EVOS) (50,3 mlrd soʻm), uchinchi oʻrinni esa Oqtepa-Food-Service (28,6 mlrd soʻm) egallagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+