11 889.950 so‘m

decrease

-44.660

13 717.440 so‘m

decrease

-70.610

143.930 so‘m

decrease

-0.710

11 889.950 so‘m

decrease

-44.660

2 soat avval
Iqtisodiyot
67

61 foizlik oʻsish: sugʻurta kompaniyalari I yarim yillikda qancha sof foyda oldi?

Oʻzbekistondagi sugʻurta kompaniyalarining jami sof foydasi 2026 yil birinchi yarim yilligida 505,5 mlrd soʻmga yetib, bir yilda 61,3 foizga oshdi. APEX Insurance va Euroasia Insurance birgalikda sektor umumiy natijasining yarmidan koʻpini taʼminladi. Ayni paytda, uchta kompaniya yarim yillikni jami 7,9 mlrd soʻm zarar bilan yakunladi.

61 foizlik oʻsish: sugʻurta kompaniyalari I yarim yillikda qancha sof foyda oldi?

Pinkod ochiqlangan moliyaviy hisobotlar asosida sugʻurta kompaniyalarining 2026 yil birinchi yarim yilligidagi sof natijalarini oʻrganib chiqdi.

Hisobot taqdim etgan 37 ta tashkilotning 34 tasi jami 513,3 mlrd soʻm sof foyda oldi. Zarar bilan ishlagan uchta kompaniyaning umumiy salbiy natijasi 7,9 mlrd soʻmni tashkil etdi. Natijada sektorning jami sof foydasi 505,5 mlrd soʻmga yetdi.

Bozordagi foydaning katta qismi bir nechta yirik kompaniya hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Xususan, APEX Insurance va Euroasia Insurance birgalikda 259 mlrd soʻm foyda olgan — bu sektor umumiy natijasining 51,2 foiziga teng.

10 mlrd soʻmdan koʻp foyda olganlar

KompaniyaSof foydaYillik oʻzgarish
APEX Insurance153,9 mlrd soʻm+22,3%
Euroasia Insurance105,1 mlrd soʻm+304,6%
Mosaic Insurance Group33,4 mlrd soʻm+19,4%
“Oʻzbekinvest”31,8 mlrd soʻm+8,2%
TBC Sug‘urta20,5 mlrd soʻm+1 617,2%
“Kafolat sugʻurta”15,9 mlrd soʻm+32,9%
“Xalq Sugʻurta”15,4 mlrd soʻm+154,7%
Gross sugʻurta14,7 mlrd soʻm+110,8%
“Temiryoʻl-Sugʻurta”14,1 mlrd soʻm+2 131,1%
“Kafil-Sugʻurta”14,1 mlrd soʻm+52,3%
Neo Insurance13,8 mlrd soʻm+2 781,3%
“Imkon-Sugʻurta”13,6 mlrd soʻm+138,2%
SQB Insurance12,4 mlrd soʻm+0,3%
“Hamkor Sugʻurta”11,3 mlrd soʻm+68%

APEX Insurance bozordagi yetakchilikni saqlab qoldi. Kompaniyaning 153,9 mlrd soʻmlik foydasi sektor jami sof natijasining 30,4 foiziga teng.

Biroq APEX’da sugʻurta xizmatlaridan olingan yalpi foyda 161,5 mlrd soʻmdan 154 mlrd soʻmga kamaygan. Sof foydaning oʻsishiga moliyaviy faoliyat daromadlarining 94,8 mlrd soʻmdan 195,8 mlrd soʻmga yetgani sezilarli taʼsir koʻrsatgan.

Eng katta mutlaq oʻsish Euroasia Insurance’da kuzatildi. Kompaniya foydasini 79,1 mlrd soʻmga oshirib, 105,1 mlrd soʻmga yetkazgan. Sugʻurta xizmatlaridan sof tushum 62,5 mlrd soʻmdan 144,1 mlrd soʻmga, asosiy faoliyat foydasi esa 30,3 mlrd soʻmdan 106,7 mlrd soʻmga koʻtarilgan.

Euroasia Insurance, APEX Insurance, TBC Sug‘urta, “Temiryoʻl-Sugʻurta” va Neo Insurance jami foydadagi yillik oʻsishning qariyb 80 foizini taʼminlagan.

1 mlrddan 10 mlrd soʻmgacha foyda olganlar

KompaniyaSof foydaYillik oʻzgarish
My Insurance7,7 mlrd soʻm−29%
Oʻzbekiston qayta sugʻurta kompaniyasi4,9 mlrd soʻm
Semurg Insurance4,7 mlrd soʻm+1 361,7%
Infinity Insurance4,3 mlrd soʻm+13,9%
Alfa Invest4 mlrd soʻm+399,8%
Aria Sug‘urta3,7 mlrd soʻm+66,5%
“Kapital Sugʻurta”3,3 mlrd soʻm+255,2%
O‘zbekinvest Hayot2,3 mlrd soʻm+34,3%
Kafolat Hayot Insurance1,9 mlrd soʻm+198%
INSON1,5 mlrd soʻm+147,5%
Apex Life Insurance1,2 mlrd soʻm+934,9%
Quantum Insurance1,1 mlrd soʻm−82,6%

Ushbu guruhda Semurg Insurance eng katta nisbiy oʻsishni qayd etdi. Ayni paytda, Quantum Insurance foydasi 6,3 mlrd soʻmdan 1,1 mlrd soʻmga, My Insurance’niki esa 10,8 mlrd soʻmdan 7,7 mlrd soʻmga kamaygan.

1 mlrd soʻmdan kam foyda olganlar

KompaniyaSof foydaYillik oʻzgarish
Alfa Life Insurance774,7 mln soʻm−54,9%
IShONCh sugʻurta633,7 mln soʻm+7,8%
Impex-Insurance510,3 mln soʻm−87,3%
“Oʻzagrosugʻurta”294,3 mln soʻm−91,6%
Trust Insurance247,2 mln soʻm−45,4%
“Farovon Sugʻurta”225,1 mln soʻmzarardan foydaga
Agros Hayot67,9 mln soʻm−51%
Asia Insurance49,7 mln soʻmzarardan foydaga

Asia Insurance 2025 yilning birinchi yarim yilligidagi 10,4 mlrd soʻmlik zarardan 49,7 mln soʻmlik foydaga chiqqan. “Farovon Sugʻurta” ham 584,9 mln soʻmlik zararni 225,1 mln soʻmlik foydaga aylantirdi.

Zarar bilan yakunlaganlar

KompaniyaSof natijaOʻzgarish
Euroasia Life Insurance−49,9 mln soʻmzarar 66,8% kamaygan
Alskom Sug‘urta−2,2 mlrd soʻmfoydadan zararga
Prestige Insurance−5,6 mlrd soʻmfoydadan zararga

Eng katta zarar Prestige Insurance’da qayd etildi. Kompaniyada sugʻurta xizmatlari tannarxi tushumdan 1,4 mlrd soʻmga oshib ketgan, davr xarajatlari esa 6,3 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Natijada asosiy faoliyatdan 7,7 mlrd soʻm zarar yuzaga kelgan.

Alskom Sug‘urta’da davr xarajatlari 14,2 mlrd soʻmdan 26,1 mlrd soʻmga oshgan. Boshqa operatsion daromadlar esa 34,8 mlrd soʻmdan 6,5 mlrd soʻmga tushib, kompaniyaning 13,5 mlrd soʻmlik foydadan 2,2 mlrd soʻmlik zararga oʻtishiga taʼsir koʻrsatgan.


Izoh: yillik oʻzgarishlar kompaniyalarning 2026 yilgi hisobotlarida qayta koʻrsatilgan 2025 yilning mos davri raqamlari asosida hisoblandi. Ayrim kompaniyalardagi qiyosiy maʼlumotlar 2025 yilda dastlab eʼlon qilingan hisobotlar bilan farq qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+