12 051.710 so‘m

increase

88.930

14 008.910 so‘m

increase

121.320

154.690 so‘m

increase

0.750

12 051.710 so‘m

increase

88.930

28-oktabr, 2025
Bozor
639

5 grammlik oltin quyma narxi 8 million soʻmdan pastga tushdi

5 grammlik oltin quyma 28 oktabr holatiga 7 million 967 ming soʻmgacha arzonlab, 10 kun ichida 834 ming soʻm qiymatini yoʻqotdi. 100 grammli quyma esa shu muddatda 176 million soʻmdan 159,3 million soʻmgacha tushgan. Jahon bozorida oltinning bir unsiyasi rekord 4 381 dollardan 3 965 dollargacha pasaydi.

5 grammlik oltin quyma narxi 8 million soʻmdan pastga tushdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston bozorida, shuningdek, jahon bozorida oltin narxining sezilarli pasayishi kuzatilmoqda. Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 28 oktabr holatiga 5 grammlik oltin quyma narxi 8 million soʻmdan pastga tushdi.

17 oktabr kuni 8,8 million soʻmdan oshgan 5 grammli quyma soʻnggi kunlarda 7 million 967 ming soʻmgacha arzonlashdi.

Quymalar narxi quyidagicha yangilandi:

  • 5 gramm — 7 967 000 soʻm
  • 10 gramm — 15 937 000 soʻm
  • 20 gramm — 31 867 000 soʻm
  • 50 gramm — 79 668 000 soʻm
  • 100 gramm — 159 336 000 soʻm

Taqqoslash uchun, 17 oktabr kuni 100 grammli quyma narxi 176 million soʻmni tashkil etgan. Yaʼni, 10 kun ichida 16,7 million soʻmlik pasayish qayd etildi.

Jahon bozoridagi vaziyat

Oltin narxining Oʻzbekistonda arzonlashishi global tendensiyalarga bevosita bogʻliq. Xususan, jahon bozorida oltinning bir unsiyasi rekord darajadagi 4 381 dollardan 3 965 dollargacha tushdi. Xabar tayyorlanayotgan paytda esa oltin taxminan 3 972 dollar atrofida savdo qilinmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+