12 060.150 so‘m

decrease

-48.090

14 064.550 so‘m

decrease

-104.510

148.870 so‘m

decrease

-0.230

12 060.150 so‘m

decrease

-48.090

1 soat avval
Iqtisodiyot

2030 yilga borib global davlat qarzi YaIMning 100 foizidan oshishi mumkin — XVJ

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) hisobotiga koʻra, 2030 yilga kelib global davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 100 foizidan oshib ketishi kutilmoqda. Mutaxassislar bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yuqori daraja boʻlishini taʼkidlab, qarz yukining ortishi davlat byudjetlari va moliyaviy barqarorlik uchun jiddiy xavf tugʻdirayotganini qayd etmoqda.

2030 yilga borib global davlat qarzi YaIMning 100 foizidan oshishi mumkin — XVJ
Foto: AI / Pinkod.uz

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) maʼlum qilishicha, bu oʻn yillik oxiriga borib global davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 100 foizidan oshib ketishi kutilmoqda. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yuqori daraja boʻladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

XVJ taʼkidlashicha, qarzlarni qaytarish boʻyicha xarajatlarning ortishi davlat byudjetlariga bosimni kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, mudofaa sohasidagi xarajatlarning oshishi va aholining qarishi kabi omillar ham iqtisodiy yukni ogʻirlashtirmoqda.

“Juda yuqori darajadagi defitsit va qarz bilan boshlanib, soliqlardan tushadigan daromadlarga nisbatan xarajatlarning doimiy ortib borishi davlat qarzining yanada oʻsishiga olib keladi. Bu esa iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy tizim uchun xavf tugʻdiradi”, — deyiladi XVJ bayonotida.

Jamgʻarma hisob-kitoblariga koʻra, agar hozirgi tendensiya saqlanib qolsa, 2029 yilga kelib global qarz YaIMning 123 foiziga yetishi mumkin.

Hisobotda qayd etilishicha, jahon moliyaviy inqirozi va COVID-19 pandemiyasi oʻrtasidagi arzon kreditlar davri yakuniga yetgan. Hozir esa qarzlarni xizmat qilish xarajatlari davlat byudjetlari uchun tobora ogʻir yuk boʻlib bormoqda.

“Jahon bozorlarida foiz stavkalari keskin oshdi, ularning kelgusidagi oʻzgarishlari esa nihoyatda noaniq”, — deyiladi hisobotda.

XVJ shuningdek, davlat xarajatlarining katta qismi ish haqi toʻlovlariga yoʻnaltirilishini qayd etdi: bu ulush rivojlangan mamlakatlarda oʻrtacha 25 foizni, rivojlanayotgan davlatlarda esa 28 foizni tashkil etadi.

Oʻzbekiston qarzi

Soʻnggi bir yilda Oʻzbekiston davlat qarzi ham sezilarli darajada oshdi. Ikkinchi chorak yakunlariga koʻra davlat qarzi 43,38 mlrdga yetdi. 

Yil boshidan buyon dalat qarzi hajmi $3,16 mlrdga, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan esa $6,13 mlrdga koʻpaygan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+