12 158.130 so‘m

decrease

-33.120

14 166.650 so‘m

increase

55.280

153.980 so‘m

decrease

-0.220

12 158.130 so‘m

decrease

-33.120

Yaqin 2 soat ichida
Work&life
27

2026 yilning eng boy odamlari – Forbes

Joriy yilda dunyodagi milliarderlar soni 3428 nafarga yetib, ularning umumiy boyligi 20,1 trillion dollarni tashkil etdi. 

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask 839 milliard dollarlik boyligi bilan ketma-ket ikkinchi yil reytingda birinchi oʻrinni egalladi. 

Alisher Usmonovning boyligi esa 14,5 mlrd dollarga baholanib, reytingda 199-oʻrinni egallagan.

2026 yilning eng boy odamlari – Forbes
Foto: AI/Pinkod.uz

Nufuzli Forbes nashri 2026 yilning eng boy odamlari roʻyxatini eʼlon qildi. Unga koʻra, bu yil dunyoda milliarderlar soni 3428 nafarga yetdi, ularning jami boyligi esa 20,1 trillion dollarni tashkil etmoqda.

Tesla va SpaceX kompaniyalari egasi Ilon Mask ketma-ket ikkinchi yil Forbes talqiniga koʻra dunyoning eng boy milliarderlari reytingida birinchi oʻrinni egalladi. Uning boyligi 839 milliard dollarga baholanmoqda. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan ($342 mlrd) deyarli 2,5 baravar koʻproqdir.

Top 10 eng boy shaxslar:

#IsmBoylikDaromad manbaiDavlat
1Ilon Mask$839 mlrdTesla, SpaceX    AQSh
2Larri Peyj$257 mlrdGoogleAQSh
3Sergey Brin$237 mlrdGoogleAQSh
4Jeff Bezos$224 mlrdAmazonAQSh
5Mark Sukerberg $222 mlrdMetaAQSh
6Larri Ellison$190 mlrdOracleAQSh
7Bernar Arno$171 mlrdLVMHFransiya
8Jensen Xuang$154 mlrdNVIDIAAQSh
9Uorren Baffett$149 mlrdBerkshire HathawayAQSh
10Amansio Ortega$148 mlrdZaraIspaniya

Mask eng yaqin raqiblaridan ancha oldinda. Reytingda ikkinchi oʻrinni Google asoschilaridan biri Larri Peyj (257 mlrd dollar) egallagan boʻlsa, uchinchi oʻrinda yana bir hammuassis Sergey Brin (237 mlrd dollar) joylashdi. Ularning boyligi oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

Bu yil 100 milliard dollardan ortiq boylikka ega milliarderlar soni ham rekord darajaga yetib, 20 nafarga chiqdi (oʻtgan yili 15 nafar edi). Ularning qariyb yarmi texnologiya sohasida boylik orttirgan.

AQSh hali ham milliarder fuqarolar soni boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega — rekord darajadagi 989 nafar. Undan keyingi oʻrinlarni Xitoy (539), Hindiston (229) va Germaniya (212) egallab turibdi. Manba: Forbes

Mamlakatlar kesimida esa AQSh milliarderlar soni boʻyicha yetakchi boʻlib qolmoqda — mamlakatda rekord darajadagi 989 nafar milliarder bor. Ulardan 15 nafari reytingdagi eng boy 20 kishilik roʻyxatga kiradi. Ikkinchi oʻrinda Xitoy (Gonkong bilan birga) — 610 nafar, uchinchi oʻrinda esa Hindiston — 229 nafar milliarder bilan qayd etilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+