11 902.300 so‘m

increase

20.700

13 780.480 so‘m

increase

31.090

152.180 so‘m

increase

1.130

11 902.300 so‘m

increase

20.700

39 daqiqa avval
Bank
17

2026 yildan steyblkoinlar uchun maxsus rejim joriy etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, Oʻzbekistonda 2026 yilgacha ochiq banking tizimi joriy etiladi, steyblkoinlar muomalasi tartibga olinadi va tokenlashtirilgan qimmatli qogʻozlar emissiyasiga ruxsat beriladi.

2026 yildan steyblkoinlar uchun maxsus rejim joriy etiladi
Foto: AI/Pinkod.uz

27 noyabr kuni “Oʻzbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 sentabrgacha mamlakatda “ochiq banking” tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim banklar, toʻlov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozorining boshqa ishtirokchilari oʻrtasida xavfsiz va shaffof maʼlumot almashinuvini taʼminlashga qaratilgan.

Shuningdek, 2026 yildan boshlab toʻlov vositasi sifatida barqaror tokenlar (steyblkoinlar) aylanmasini tartibga solish boʻyicha maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.

Bundan tashqari, maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida ishlovchi toʻlov tizimlarini yaratish boʻyicha pilot loyihalar amalga oshiriladi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Markaziy bank bilan hamkorlikda “tartibga solish qumdoni” (regulatory sandbox) rejimini joriy etish tartibi va uning amal qilish muddatini belgilaydi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarga tokenlashtirilgan aksiyalar va obligatsiyalarni emissiya qilishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston hududida faoliyat yuritish uchun litsenziya olgan fond birjalarida tokenlashtirilgan aksiyalar va obligatsiyalarni joylashtirish hamda ularning muomalasini taʼminlash maqsadida alohida savdo maydonchasi tashkil etiladi.


Markaziy bank raisi Timur Ishmetov 11-sentabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Markaziy banki raqamli soʻm hamda tijorat banklari tomonidan chiqarilishi mumkin boʻlgan steyblkoinlarni muomalaga kiritish masalasini oʻrganayotganini maʼlum qilgan edi.

Uning soʻzlariga koʻra, Markaziy bank raqamli valyutalarni ikki yoʻnalishda oʻrganmoqda:

  • Markaziy bankning raqamli valyutasi — CBDC (Central Bank Digital Currency);
  • Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan steyblkoinlar, yaʼni narxi barqaror kriptovalyutalar.

“Hozirda biz har ikkala variantni ham koʻrib chiqyapmiz. Yaqinda Prezidentga steyblkoinlardan foydalanish boʻyicha pilot loyiha boshlash taklifini berdik. Biz barcha ehtimoliy variantlarni oʻrganmoqchimiz”, — degan Ishmetov.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+