12 179.810 so‘m

decrease

-30.050

14 139.540 so‘m

decrease

-31.220

156.730 so‘m

decrease

-0.800

12 179.810 so‘m

decrease

-30.050

4 soat avval
Bank
39

2026 yil boshida Oʻzbekiston banklarida muammoli kreditlar hajmi oshdi

Bir oy davomida NPL hajmi 1,3 trln soʻmga koʻpayib, 19,4 trln soʻmga yetdi va umumiy kredit portfelining 3,2 foizini tashkil qildi. 

Davlat banklari orasida eng katta oʻsish SQB’da qayd etilgan boʻlsa, xususiy banklar ichida “Poytaxt Bank”da muammoli kreditlar ulushi keskin oshdi.

2026 yil boshida Oʻzbekiston banklarida muammoli kreditlar hajmi oshdi
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yil yanvar oyida Oʻzbekiston banklarida muammoli kreditlar (NPL) hajmining oshgani kuzatildi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida maʼlum qilingan.

1 fevral holatiga koʻra, banklarning umumiy kredit portfeli 610 trln 381 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bir oy davomida kredit portfeli hajmi 6,4 trln soʻmga oshgan.

Shundan 19 trln 361 mlrd soʻmi yoki jami kreditlarning 3,2 foizi muammoli kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi. Yanvar oyida NPL hajmi 1 trln 306 mlrd soʻmga koʻpaygan.

Davlat banklari

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, davlat banklarining kredit portfeli 408 trln 859 mlrd soʻmni tashkil etmoqda. Ushbu portfelning 3,4 foizi yoki 13,7 trln soʻmlik qismi muammoli kreditlardan iborat.

Yanvar oyida davlat banklarida muammoli kreditlar hajmi 912 mlrd soʻmga oshgan.

Eng katta oʻsish “Oʻzsanoatqurilishbank”da qayd etilib, unda NPL hajmi 379 mlrd soʻmga koʻpaygan.

Shuningdek, “Asakabank” (168 mlrd soʻm), “Aloqabank” (163 mlrd soʻm), MKBank (109 mlrd soʻm) hamda “Oʻzmilliybank”da (81 mlrd soʻm) ham muammoli kreditlar hajmi oshgani kuzatilgan.

Xususiy va boshqa banklar

Boshqa banklarning kredit portfeli 1 fevral holatiga koʻra 201,5 trln soʻmni tashkil etgan. Shundan 2,8 foizi yoki 5,6 trln soʻmlik qismi muammoli kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Yanvar oyida ushbu banklarda muammoli kreditlar hajmi 394 mlrd soʻmga oshgan.

Eng sezilarli oʻsish “Poytaxt Bank”da kuzatilgan boʻlib, unda muammoli kreditlar ulushi 24,4 foizdan 33,8 foizga yetgan.

Shu bilan birga, ayrim banklarda muammoli kreditlar ulushi kamaygan. Jumladan, “Kapitalbank”da bu koʻrsatkich 2,8 foizdan 2,7 foizga tushgan. “Davrbank”da esa 0,1 foiz bandga kamayib, 3,1 foizni tashkil etgan.

AVO Bank’da muammoli kreditlar ulushi 8,2 foizdan 6,1 foizgacha pasaygan.

Shuningdek, yanvar oyida “Ipoteka bank”ning kredit portfeli qisqargani fonida muammoli kreditlar ulushi 3,5 foizdan 3,9 foizgacha oshgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+