12 060.150 so‘m

decrease

-48.090

14 064.550 so‘m

decrease

-104.510

148.870 so‘m

decrease

-0.230

12 060.150 so‘m

decrease

-48.090

5 soat avval
Bank

2025 yilda ipoteka ajratish hajmi 28 foizga oʻsdi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, yanvar-sentabr oylarida 15,06 trln soʻmlik ipoteka kreditlari ajratilgan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 28,56 foizga koʻp. Bozorda davlat ishtirokining ulushi 57,4 foizdan 49,3 foizgacha kamaygan boʻlsa, tijorat banklarining ulushi 40,7 foizgacha koʻtarildi.

2025 yilda ipoteka ajratish hajmi 28 foizga oʻsdi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonda ipoteka bozori sezilarli faollikni namoyon etdi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, bu davrda mamlakat boʻylab 15,06 trln soʻmlik ipoteka kreditlari ajratilgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 28,56 foizga yuqori.

Ipoteka kreditlari qoldigʻi 76 trln soʻmni tashkil etib, yil boshidan buyon 8,3 trln soʻmga oshgan.

Kredit oluvchilar soni 17,8 foizga oʻsdi — 2024 yildagi 42,7 ming nafardan 50,1 ming nafargacha. Oʻrtacha kredit hajmi 9,8 foizga ortib, 300 million soʻmdan oshgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 7,43 trln soʻmlik ipoteka kreditlari moliyalashtirildi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 10,5 foizga koʻp. Shu bilan birga, vazirlikning ipoteka bozoridagi ulushi 57,4 foizdan 49,3 foizgacha kamaygan.

Ipoteka qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 20,5 foizga oʻsib, 1,5 trln soʻmdan oshgan.

Eng katta oʻsish tijorat banklari hisobiga kuzatildi. Toʻqqiz oy davomida ular tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 63,5 foizga oshib, 6,12 trln soʻmga yetgan.

Natijada, banklarning umumiy ipoteka bozoridagi ulushi bir yil ichida 32 foizdan 40,7 foizgacha koʻtarildi.

Hududlar boʻyicha taqsimot

  • Toshkent shahri — 4,81 trln soʻm (+36,18%), jami ipoteka kreditlarining qariyb uchdan bir qismi poytaxt hissasiga toʻgʻri keldi.
  • Fargʻona viloyati — 1,14 trln soʻm (+12,8%)
  • Andijon viloyati — 1,13 trln soʻm (+36,25%)
  • Samarqand viloyati — 1,05 trln soʻm (+3,44%)
  • Surxondaryo viloyati — 929 mlrd soʻm (+62,98%)

Koʻplab boshqa hududlarda ipoteka hajmi 800 mlrd soʻmdan oshmagan.

Birlamchi bozordagi kreditlar ulushi jami hajmning 74 foizini tashkil etdi — bu oʻtgan yilga nisbatan 9 foizga koʻp.

Ipoteka oluvchilarning 29,8 ming nafari erkaklar boʻlib, bu jami sonning 60 foizini tashkil etadi.

Kreditlarning 66 foizi 31–50 yosh oraligʻidagi fuqarolarga, 25 foizi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarga, 9 foizi esa 50 yoshdan oshganlarga toʻgʻri kelgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+