12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

27-dekabr, 2024
Soliq

2024 yilning 11 oyida xizmat koʻrsatish sohasida eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar maʼlum boʻldi

Uztelecom mazkur davrda eng koʻp soliq toʻlagan — 8,5 trln soʻm.

 

Uzbekistan Airways eng koʻp soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalangan – 1,8 trln.

 

Yandex Go soliq toʻlashning dastlabki yilidayoq TOP 20 talikka kirdi.

2024 yilning 11 oyida xizmat koʻrsatish sohasida eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar maʼlum boʻldi
Foto: AI

Soliq qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan statistik maʼlumotlarga koʻra, 2024 yil yanvar-noyabr oylarida xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar umumiy hisobda 32 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlagan. Mazkur davrda yuridik shaxslar soni 167 641 tani tashkil etib, ularga 17,6 trillion soʻmlik soliq imtiyozlari taqdim etilgan.

TOP 20 soliq toʻlovchilar roʻyxati quyidagicha shakllangan:

Transport va aviatsiya sohasidagi yetakchilar:

  • Uzbekistan Airways AJ – 556,9 milliard soʻm soliq toʻlovi va 1,8 trillion soʻmlik soliq imtiyozi bilan eng katta imtiyoz oluvchi kompaniya.
  • Uzbekistan Airports AJ – 151,3 milliard soʻm soliq toʻlovi bilan ikkinchi oʻrinda.
  • Yandex Go MChJ – bu yilgi roʻyxatga qoʻshilgan yangi ishtirokchi boʻlib, 134,2 milliard soʻm soliq toʻlagan.
  • Toshkent metropoliteni – 105,6 milliard soʻm soliq toʻlovi.
  • Qanot Sharq MChJ – 75,4 milliard soʻm soliq toʻlovi.

Aloqa operatorlari orasidagi yetakchilar:

  • Unitel MChJ (Beeline) – 813,5 milliard soʻm soliq toʻlovi bilan umumiy roʻyxatda toʻrtinchi.
  • Coscom MChJ (Ucell) – 413,7 milliard soʻm soliq toʻlovi bilan umumiy roʻyxatda oltinchi.
  • Universal Mobile Systems (Mobiuz) – 346,8 milliard soʻm soliq toʻlovi bilan umumiy roʻyxatda sakkizinchi.
     

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+