12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

24-yanvar, 22:04
Iqtisodiyot

2024 yil Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi qancha boʻldi?

Shifokor va oʻqituvchilar oyligi hali ham sohalar boʻyicha eng kami boʻlib qolmoqda.

2024 yil Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi qancha boʻldi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Davlat Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024 yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 5 357 200 ming soʻmni tashkil etdi. Bunda ayrim hududlar va tarmoqlar oʻrtasida katta tafovutlar kuzatildi.

HududOʻrtacha ish haqi (ming soʻm)Oʻsish (%)
Toshkent shahri9 072 400+21,4
Navoiy viloyati6 766 100+15,0
Toshkent viloyati5 097 900+12,3
Andijon viloyati4 616 100+14,9
Buxoro viloyati4 343 900+12,0
Qoraqalpogʻiston Respublikaci4 317 300+14,1
Xorazm viloyati4 263 700+13,2
Sirdaryo viloyati4 235 100+16,7
Samarqand viloyati4 022 300+17,6
Jizzax viloyati3 976 200+14,5
Fargʻona viloyati3 965 600+15,1
Namangan viloyati3 869 200+16,5
Surxondaryo viloyati3 810 300+12,4
Qashqadaryo viloyati3 785 700+12,2

Oʻzbekistonda 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida oʻrtacha ish haqi hududlar boʻyicha sezilarli farqlarga ega boʻldi. Toshkent shahri 9 072 400 soʻm bilan eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 21,4% oʻsishni anglatadi. Navoiy viloyati 6 766 100 soʻm bilan ikkinchi oʻrinda turib, oʻsish 15%ni tashkil etdi. Toshkent viloyati esa 5 097 900 soʻm koʻrsatkich bilan uchinchi oʻrinni egalladi (+12,3%).

Boshqa hududlardan Andijon (4 616 100 soʻm, +14,9%), Buxoro (4 343 900 ming soʻm, +12,0%) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (4 317 300 ming soʻm, +14,1%) koʻrsatkichlari nisbatan yuqori boʻlsa-da, respublika oʻrtacha darajasidan pastroqdir.

Eng past oʻrtacha ish haqi Surxondaryo viloyatida (3 810 300 ming soʻm, +12,4%) va Qashqadaryo viloyatida (3 785 700 ming soʻm, +12,2%) qayd etildi.

Faoliyat turlari boʻyicha

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ish haqi ko‘rsatkichlari ham jiddiy tafovutlarni namoyon etdi. Bank, sug‘urta va vositachilik faoliyati sohasida eng yuqori o‘rtacha ish haqi – 15 263 700 so‘m qayd etildi. Axborot va aloqa sohasi 13 157 400 so‘mlik daromad bilan ikkinchi o‘rinni egalladi, undan keyin tashish va saqlash sohasida o‘rtacha ish haqi 8 113 300 so‘mni tashkil qildi.

Shu bilan birga, ta’lim sohasi 3 637 000 ming so‘mlik, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasi esa 3 411 000 ming so‘mlik ko‘rsatkich bilan eng past daromadli tarmoqlar qatoridan joy oldi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+