12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

7 kun avval
Iqtisodiyot

1000 nafarga yaqin oʻzbekistonlik AQShdan deportatsiya qilinadi

Eng koʻp deportatsiya qilinadigan davlatlar orasidan Meksika, Gvatemala, Gonduras va Salvador oʻrin olgan. Markaziy Osiyo davlatlaridan esa eng koʻp Oʻzbekiston fuqarolari chiqarib yuboriladi.

1000 nafarga yaqin oʻzbekistonlik AQShdan deportatsiya qilinadi
Foto: AI / Pinkod.uz

Fox News’ning, AQSh Immigratsiya va Bojxona xizmatidan olgan (ICE) maʼlumotlariga koʻra, 2024 yil 24 noyabr holatida mamlakatda 1 445 549 nafar chet el fuqarosi deportatsiya qilish toʻgʻrisida yakuniy qarorga ega. Deportatsiya jarayoni tezlashtirilayotgan boʻlsa-da, ayrim mamlakatlarning AQSh bilan hamkorlik qilmasligi jarayonni murakkablashtirmoqda.

Eng koʻp fuqarosi deport qilinadigan davlatlar

Ushbu roʻyxatda yetakchi oʻrinlarni Meksika (252 044), Gvatemala (253 413), Gonduras (261 651) va Salvador (203 822) egallagan. Shuningdek, deportatsiya qarori chiqarilgan boshqa davlatlar ichida Xitoy (37 908), Gaiti (32 363), Eron (2 618), Pokiston (7 760) va Venesuela (22 749) fuqarolari ham bor.

Markaziy Osiyo

Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 1852 nafar shaxsga deportatsiya qilinish haqida sud hukmi oʻqilgan.

Davlatlar kesimida mintaqada eng koʻp miqdor Oʻzbekistonda boʻlib, mamlakat fuqarolarining 975 nafari deportatsiya qilinadi. Keyingi oʻrinlarni Qozogʻiston 369 ta, Qirgʻiziston 319 ta va Tojikiston 149 ta fuqaro bilan egallagan. Eng kam miqdor Turkmanistonda boʻlib, jami 40 kishiga deportatsiya qarori chiqarilgan. 

Sobiq Sovet Ittifoqi hududidan deportatsiya qaroriga ega boʻlgan fuqarolar orasida Armaniston (2 808), Ozarbayjon (709), Gruziya (833), Turkiya (3 103) va Rossiya (3 518) bor. Ajablanarlisi, roʻyxatda SSSRdan 337 kishi deport qilinishi koʻrsatilgan.

AQSh hukumati deportatsiya jarayonini tezlashtirishga intilayotganiga qaramay, ayrim davlatlarning hamkorlik qilmasligi muammolarni keltirib chiqarmoqda. 15 ta mamlakat AQSh bilan deportatsiya jarayonida toʻliq hamkorlik qilmaydigan davlatlar sifatida belgilangan. Bularga Xitoy, Rossiya, Kuba, Eron, Pokiston, Somali va Venesuela kiradi.

Bundan tashqari, 11 ta davlat qisman hamkorlik qilmaydigan davlatlar sifatida tasniflangan boʻlib, ular qatorida Bosniya-Gersegovina, Kambodja, Gambiya, Iroq, Yamayka, Nikaragua, Janubiy Sudan va Vetnam bor.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+