2 kun avval
1 iyuldan pensiya va nafaqalar, 1 avgustdan esa oylik va stipendiyalar oshiriladi
Shuningdek, bazaviy miqdorlar ham oshirilishi rejalashtirilgan.

Foto: AI / Pinkod.uz
Oʻzbekistonda 1 iyuldan boshlab pensiya, nafaqa, ish haqi va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi. Bu haqda Pinkod.uz manbasi xabar berdi.
2025 yil 3 iyun kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Qonunchilik palatasi yigʻilishida mazkur toʻlovlar 10 foizga oshirilishini maʼlum qilgan. Mazkur masalada tegishli Prezident farmoni qabul qilngan.
Manbaga koʻra:
2025 yil 1 iyuldan boshlab:
- Pensiyalar va nafaqalar;
- Kam taʼminlangan oilalarga toʻlanadigan bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi.
2025 yil 1 avgustdan boshlab:
- Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi;
- Talaba va oʻquvchilarning stipendiyalari 10 foizga oshiriladi.
Shuningdek, farmonga koʻra bazaviy miqdorlar ham oshiriladi:
2025 yil 1 iyuldan boshlab:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 471 000 soʻm etib belgilanadi.
2025 yil 1 avgustdan boshlab:
- Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 soʻm;
- Bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 soʻm etib belgilanadi.