11 949.030 so‘m

decrease

-52.910

13 921.810 so‘m

decrease

-52.050

166.280 so‘m

decrease

-0.390

11 949.030 so‘m

decrease

-52.910

07-aprel, 17:56
Iqtisodiyot
191

Zomindagi Ramada Encore by Wyndham mehmonxonasi 324,5 mlrd soʻmga sotildi

Auksionda yagona ishtirokchi boʻlgan Ref Bridge Invest MChJ gʻolib boʻldi. Kompaniya joriy yil 2 aprel kuni tashkil etilgan boʻlib, ustav kapitali 25 mlrd soʻmni tashkil qiladi. Jamiyat 100 foiz ulushi Feruza Boboyevaga tegishli boʻlib, unga tegishli boshqa kompaniya avvalroq Zomindagi osma-koʻprikni sotib olgan edi.

Zomindagi Ramada Encore by Wyndham mehmonxonasi 324,5 mlrd soʻmga sotildi
Foto: AI/Pinkod.uz

6 aprel kuni E-aukison platformasida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Ramada Encore by Wyndham mehmonxona majmuasi sotildi. 

Auksionda yagona xaridor Ref Bridge Invest MChJ boʻlgan. U 324,55 mlrd soʻm taklif qilib gʻolib boʻlgan. 

Qayd etilishicha, kompaniya ushbu summani allaqachon toʻlab boʻlgan.

Gallery image of Ramada Encore by Wyndham Zomin in Myk

Yagona davlat reyestriga koʻra, Ref Bridge Invest MChJ kompaniyasi joriy yil 2 aprel kuni tashkil etilgan boʻlib, mehmonxona faoliyati bilan shugʻullanadi. Kompaniya ustav kapitali 25 mlrd soʻm boʻlib, uning yuz foiziga Boboyeva Feruza Fayziyevna egalik qiladi. 

Gallery image of Ramada Encore by Wyndham Zomin in Myk

Shuningdek, u Ref Ropeway Invest MChJ kompaniyasining ham yagona taʼsischisi hisoblanadi. Ushbu kompaniya yanvar oyida NBU Invest Group’dan Zomindagi kanat yoʻli operator kompaniyasini 215 mlrd soʻmga sotib olgan.

Majmua Jizzax viloyati, Zomin tumani, Duoba QFY, Archali qishlogʻida joylashgan. Maʼlumotlarga koʻra, ushbu bino Turonbank mablagʻlari hisobiga qurilgan. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+