12 482.380 so‘m

increase

69.400

14 540.720 so‘m

increase

154.080

155.230 so‘m

increase

0.950

12 482.380 so‘m

increase

69.400

4 kun avval
Bank

“Yevroosiyo Banki” tugatilmoqda: Markaziy bank litsenziyani chaqirib oldi

Bank ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga yetmaganligi hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilmaganligi sababli ushbu qaror qabul qilindi.

“Yevroosiyo Banki” tugatilmoqda: Markaziy bank litsenziyani chaqirib oldi

Markaziy bank 27 avgust kuni “Yevroosiyo Banki” aksiyadorlik jamiyatidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib oldi

Bank uchun ushbu litsenziya 2024 yil yanvarida taqdim qilingan edi. Regulyator litsenziya chaqirib olinishi sabablarini shunday izohladi: 

“Bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlashtirilmaganligi hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilmaganligi sababli ushbu qaror qabul qilindi”

Markaziy bank qonunchilikka asosan bankni majburiy tugatish komissyasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilganini maʼlum qildi. 

Qozogʻistonning “Yevroosiyo Banki” 2024 yilda Oʻzbekistonda bank ochish uchun bir necha yillik urinishlardan keyin litsenziya olgan edi. Bankning Qozogʻistonda mijozlar bazasi katta, biroq Oʻzbekistonda toʻliq ish faoliyatini yoʻlga qoʻyish imkoni boʻlmadi. 

Bank 2025 yilning birinchi yarmida 51,6 mlrd soʻm zarar koʻrib, mamlakatdagi eng koʻp zarar koʻrgan banklardan biriga aylangandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+