12 001.710 so‘m

decrease

-46.330

13 984.390 so‘m

decrease

-78.080

152.870 so‘m

decrease

-0.410

12 001.710 so‘m

decrease

-46.330

9 soat avval
Bank
61

“Yangi bank” tugatilmoqda: Markaziy bank litssenziyani chaqirib oldi

Markaziy bank Boshqaruvining 2026 yil 15 yanvardagi qaroriga koʻra, “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi bekor qilindi.

Qaror ustav kapitali boʻyicha minimal talablar bajarilmagani va qator qonunbuzarliklar aniqlangani bilan bogʻliq. 

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 32 mingdan ortiq omonatchining kafolatlangan mablagʻlari toʻliq qaytariladi.

“Yangi bank” tugatilmoqda: Markaziy bank litssenziyani chaqirib oldi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank Boshqaruvining 2026 yil 15 yanvardagi qaroriga asosan “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olindi.

Qaror bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar yetarli samara bermagani bilan izohlandi. Xususan, bank ustav kapitali qonunchilikda belgilangan eng kam talab darajasiga yetkazilmagan, shuningdek, banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim majburiy talablar bajarilmagan.

Qonunchilikka muvofiq, “Yangi bank”ni belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Bank faoliyatini yakunlash jarayonini boshqarish uchun tugatish komissiyasi tayinlandi va unga tegishli vakolatlar berildi.

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bankdagi 32 526 nafar omonatchining 32 153 nafariga kafolatlangan omonat summalari toʻliq qaytarib beriladi. 

Qolgan 373 nafar omonatchining kafolatlangan limitdan ortiq mablagʻlari esa tugatish komissiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi. Omonatlarni toʻlash boʻyicha aniq hisob-kitoblar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan eʼlon qilinadi.

Litsenziya nega chaqirib olindi?

“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga koʻra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori 2025 yil 1 yanvardan boshlab 500 mlrd soʻmni tashkil etishi lozim. Biroq, 2026 yil 1 yanvar holatiga koʻra, “Yangi bank”ning ustav kapitali atigi 355 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Markaziy bank tomonidan bank kuzatuv kengashi va boshqaruviga ustav kapitalini belgilangan minimal darajaga yetkazish zarurligi yuzasidan bir necha bor yozma ogohlantirishlar berilganiga qaramay, mazkur talab boʻyicha yetarli amaliy choralar koʻrilmagan.

Shuningdek, ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda belgilangan cheklovlarga rioya etilmagani ham aniqlangan. Mazkur holatlar “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 54-moddasiga muvofiq jiddiy qoidabuzarliklar hisoblanadi.

Bundan tashqari, Qonunning 77-moddasiga koʻra, bank ketma-ket uch chorak davomida regulyativ kapitalining 10 foizidan ortiq miqdorda zarar koʻrgan boʻlsa yoki zarar miqdori regulyativ kapitalning 50 foizidan oshgan (yoki bunday xavf mavjud boʻlgan) taqdirda bank litsenziyasini chaqirib olish uchun asos vujudga keladi.

Markaziy bank omonatlar davlat tomonidan kafolatlanishini alohida taʼkidladi. Kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari yuzasidan Omonatlarni kafolatlash agentligi jamoatchilikka rasmiy va ishonchli axborot berib boradi.

Qoʻshimcha maʼlumotni Omonatlarni kafolatlash agentligining +998 55 550 05 00 raqamli ishonch telefoni orqali olish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+