11 821.180 so‘m

increase

14.210

13 419.400 so‘m

decrease

-11.030

140.440 so‘m

increase

0.580

11 821.180 so‘m

increase

14.210

Yaqin 14 daqiqa ichida
Bank
47

Yangi Bank bosh ofisi 43 mlrd soʻmga arzonlashtirilib, yana sotuvga qoʻyildi

Tugatilayotgan Yangi Bankning Toshkent markazidagi bosh ofisi 120 mlrd soʻm boshlangʻich narxda qayta auksionga chiqarildi. Xaridor topilmagan avvalgi savdoga nisbatan bino 43,3 mlrd soʻm yoki 26,5 foizga arzonlashtirilgan. Arizalar 5 oktabrgacha qabul qilinadi.

Yangi Bank bosh ofisi 43 mlrd soʻmga arzonlashtirilib, yana sotuvga qoʻyildi

Yangi Bank tugatish komissiyasi bankning Yunusobod tumani Amir Temur shoh koʻchasi, 99-uyda joylashgan sobiq bosh ofisini yana sotuvga qoʻydi.

Obʼektning boshlangʻich narxi 120 mlrd soʻm etib belgilangan. Iyun oyida bino 163,3 mlrd soʻmdan auksionga chiqarilgan, biroq belgilangan savdolar oʻtkazilmay, lot keyinchalik bekor qilingandi. Shu tariqa, yangi auksionda narx 43,3 mlrd soʻmga pasaytirildi.

2017 yilda qurilgan besh qavatli binoda 47 ta xona mavjud. Uning umumiy maydoni 3 648 kvadrat metrni, foydali maydoni esa 2 548,36 kvadrat metrni tashkil etadi. Yer uchastkasi 0,254 gektarga teng.

Boshlangʻich narxdan kelib chiqilsa, binoning har bir kvadrat metri umumiy maydon boʻyicha qariyb 32,9 mln soʻmga baholangan.

Lot tavsifida bino yaxshi holatda ekani, elektr, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulangani qayd etilgan. Biroq hududda 54 kvadrat metr maydonda oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshoot ham mavjud.

Auksionda qatnashish uchun 1,2 mlrd soʻm, yaʼni boshlangʻich narxning 1 foizi miqdorida zakalat kiritish talab etiladi. Savdo bosqichi 6 mlrd soʻmni tashkil qiladi. Arizalar 5 oktabr soat 09:00 gacha qabul qilinib, auksion bir soatdan keyin boshlanadi.

Bino Yangi Bank’ning tugatilishi doirasida sotilmoqda. Markaziy bank 2026 yil 15 yanvarda bank litsenziyasini bekor qilgan. Regulyatorga koʻra, bank rahbariyati va kuzatuv kengashi ustav kapitalini oshirish zarurligi haqida bir necha marta ogohlantirilgan, ammo kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli choralar koʻrilmagan.

Faoliyati toʻxtatilgan paytda Yangi Bankning oʻz kapitali 182,9 mlrd soʻmgacha tushib, banklar uchun belgilangan 500 mlrd soʻmlik eng kam talabdan 317,1 mlrd soʻm kam boʻlgan. Taqsimlanmagan zarar esa 171 mlrd soʻmga yetgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+