Yangi bank birinchi chorakni qariyb 25 mlrd soʻm zarar bilan yakunladi
Bu yilgi zarar oʻtgan yil mos davriga nisbatan 77,9 foizga oshdi.
Shuningdek, bankning ustav kapitali ham hozircha belgilangan minimal talab — 500 milliard soʻmga javob bermaydi.

Korporativ hisobotga koʻra, Yangi bank AJ 2025 yilning birinchi choragida 24,75 milliard soʻm zarar koʻrdi.
Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning shu davrida bank 2,8 milliard soʻm sof zarar bilan chiqish qilgan edi. Bu yilgi zarar oʻtgan yilga nisbatan 77,9 foizga yoki 21,9 milliard soʻmga oshgan.
Bankning jami aktivlari hozirda 656,3 milliard soʻmni tashkil qilmoqda. Ustav kapitali esa chorak boshiga nisbatan 150 milliard soʻmga koʻpaygan boʻlsa-da, hali ham qonun bilan belgilangan minimal talabga javob bermaydi. Amaldagi tartibga koʻra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab banklarning ustav kapitali kamida 500 milliard soʻm boʻlishi lozim.
Hisobot davrida bank 14,5 milliard soʻm foizli daromad olgan. Shundan 7 milliard soʻmi sof foizli daromad boʻlsa, foizsiz daromadlar miqdori 11,9 milliard soʻmni tashkil etgan.
Shu bilan birga, bank xodimlar ish haqi uchun 11,9 milliard soʻm sarflagan. Barcha xarajatlar hisobga olingach, chorak 24 milliard 745 million soʻm zarar bilan yakunlangan.