12 025.220 so‘m

increase

34.690

13 969.700 so‘m

increase

10.320

149.360 so‘m

decrease

-1.350

12 025.220 so‘m

increase

34.690

24-fevral, 18:00
Bank
1292

Xasan Raxmatov Asia Alliance Bank kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

Iqtisod fanlari doktori Raxmatov Xasan Utkirovich bunga qadar “Poytaxt bank” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Xasan Raxmatov Asia Alliance Bank kuzatuv kengashi raisi etib saylandi
Raxmatov Xasan Utkirovich

Raxmatov Xasan Utkirovich 1985 yil 13 sentabrda Samarqand viloyatida ziyoli oilada tugʻilgan. 2006 yil Toshkent moliya institutining bakalavr bosqichini, 2008 yil ushbu institutning magistratura bosqichini tamomlagan. 2011 yilda “Iqtisod fanlari nomzodi”, 2020 yilda “Iqtisod fanlari doktori” ilmiy darajalarini olgan.

U mehnat faoliyati davomida 2008-2013 yillarda AT “Aloqabank”da, 2013-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda, xususan, rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, X.Raxmatov 2016 yildan 2024 yilgacha AT “Aloqabank” boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2024 yil 24 yanvardan buyon “Poytaxt bank” AJ boshqaruv raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

X.Raxmatovning bilimi, sohadagi koʻp yillik tajribasi va ishbilarmonligi natijasida “Poytaxt bank” jamoasi qisqa vaqt ichida bir qator yutuqlarga erishib, yangi xizmatlarni yoʻlga qoʻyishga hamda xususiylashtirish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashga erishdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+