11 790.790 so‘m

increase

12.340

13 285.860 so‘m

increase

86.930

137.780 so‘m

decrease

-0.570

11 790.790 so‘m

increase

12.340

Yaqin 15 daqiqa ichida
Iqtisodiyot
25

Wildberries Oʻzbekistonda $140 mlnlik logistika majmuasi quradi

Wildberries Toshkent viloyatida 180 ming kvadrat metr maydonga ega “A” klassdagi logistika majmuasini quradi. Loyiha qiymati qariyb 140 mln dollar boʻlib, qurilishni oktabr oxirida boshlash, majmuani esa 2027–2028 yillarda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Wildberries Oʻzbekistonda $140 mlnlik logistika majmuasi quradi

Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Wildberries Toshkent viloyatida yangi logistika majmuasi qurish boʻyicha investitsiya shartnomasini imzoladi. Hujjat 6 oktabr kuni Fargʻonada oʻtgan Oʻzbekiston va Rossiya hududlari kengashining uchinchi yigʻilishi yakunida tuzilgan.

Loyiha doirasida Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi “Bogʻzor” mahallasida 180 ming kvadrat metrli “A” klassdagi logistika majmuasi barpo etiladi. Loyiha qiymati qariyb 140 mln dollarga baholanmoqda va uni 2027–2028 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.

Wildberries matbuot xizmatiga koʻra, majmua 67,3 gektarlik yer maydonida joylashadi. Hozir loyihalash ishlari olib borilmoqda, qurilish ishlarini esa 2026 yil oktabr oxirida boshlash rejalashtirilgan.

Loyiha ishga tushgach, majmuaning oʻzida va unga bogʻliq yoʻnalishlarda qariyb 7,5 mingta ish oʻrni yaratilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, kamida 2 ming kishi maxsus taʼlim dasturlari asosida tayyorlanadi.

Kompaniya yangi logistika xabi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy bozorlarga olib chiqish imkoniyatlarini kengaytirishini ham taʼkidlagan. Majmua Wildberries’ning mamlakatdagi ombor infratuzilmasini kengaytirish bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilar eksportini qoʻllab-quvvatlash uchun ham ishlatilishi koʻzda tutilgan.

Avval loyiha $150 mlnga baholangan edi

Wildberries’ning Oʻzbekistondagi yangi logistika markazi qurilishi haqida avval ham maʼlum qilingan. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi iyun oyida kompaniya Toshkent viloyatidagi logistika markaziga 150 mln dollar investitsiya qilishini bildirgan edi.

Hozir imzolangan investitsiya shartnomasi boʻyicha esa loyiha qiymati 140 mln dollar sifatida koʻrsatilmoqda.

Shu bilan birga, iyun oyida Wildberries & Russ bosh direktori Robert Mirzoyan Oʻzbekistonda Markaziy Osiyo uchun yirik logistika xabi yaratish va mamlakatdagi infratuzilmaga 300 mln dollardan ortiq sarmoya kiritish rejasini maʼlum qilgan edi. Oʻshanda bu reja nafaqat bitta ombor, balki saralash markazi va boshqa logistika infratuzilmasini ham qamrab olishi aytilgan.

Wildberries Oʻzbekiston bozoriga 2022 yilda kirgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+