11 979.640 so‘m

decrease

-41.580

13 901.170 so‘m

decrease

-77.100

167.520 so‘m

decrease

-2.010

11 979.640 so‘m

decrease

-41.580

8 soat avval
Bank
48

Uzum Nasiya operatorining I chorakdagi sof foydasi qariyb 70 foizga oshdi

Uzum Nasiya operatori Solutions Lab AJ 2026 yilning I choragida 261,3 mlrd soʻm sof foyda oldi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 106,2 mlrd soʻmga yoki 68,5 foizga koʻproq. 

Uzum Nasiya operatorining I chorakdagi sof foydasi qariyb 70 foizga oshdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Uzum Nasiya operatori hisoblangan Solutions Lab AJ 2026 yilning I choragida sof foydasini oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 68,5 foizga oshirdi.

Kompaniyaning moliyaviy hisobotiga koʻra, kompaniyaning realizatsiyadan sof tushumi kamaygan. Mazkur koʻrsatkich 2025 yilning I choragidagi 1,016 trln soʻmdan 2026 yilning I choragida 833,8 mlrd soʻmga tushgan. Bu qariyb 183 mlrd soʻmlik kamayishni anglatadi.

Biroq davr xarajatlarining sezilarli qisqarishi yakuniy moliyaviy natijaga ijobiy taʼsir qilgan. Solutions Lab’ning davr xarajatlari 857,4 mlrd soʻmdan 583,9 mlrd soʻmga kamaygan. Yaʼni kompaniya bu yoʻnalishdagi xarajatlarini 31,9 foizga qisqartirgan.

Natijada asosiy faoliyatdan foyda 143,7 mlrd soʻmdan 235,9 mlrd soʻmga oshgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 64,1 foizlik oʻsishdir.

Kompaniyaning moliyaviy faoliyatdan olgan daromadlari ham sezilarli koʻpaygan. Bu koʻrsatkich 13,6 mlrd soʻmdan 28 mlrd soʻmga yetib, asosan foiz koʻrinishidagi daromadlar hisobiga shakllangan.

Balans koʻrsatkichlariga koʻra, Solutions Lab aktivlari I chorak yakunida 1,982 trln soʻmga yetgan. Debitorlik qarzdorligi esa 1,052 trln soʻmdan 1,414 trln soʻmga oshgan.

Yakuniy natijada, Uzum Nasiya operatorining sof foydasi 2026 yilning I choragida 261,3 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu 2025 yilning mos davridagi 155,1 mlrd soʻmga nisbatan 68,5 foizga yoki 106,2 mlrd soʻmga koʻp. Hisobot davrida kompaniya foydadan 2,5 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Maʼlumot uchun, Solutions Lab AJ Oʻzbekistonda eng koʻp soliq imtiyozlaridan foydalangan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Xususan, 2025 yilda kompaniya eng yirik soliq imtiyozlari foydalanuvchilari boʻyicha TOP-10 talikka kirib, 650,8 mlrd soʻmlik imtiyozdan foydalangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+