12 093.350 so‘m

increase

4.370

13 867.440 so‘m

increase

65.450

155.220 so‘m

increase

0.750

12 093.350 so‘m

increase

4.370

22-may, 10:57
Iqtisodiyot
324

UzNIF IPO’si hajmi qoʻshimcha joylashtirish hisobiga $691,5 mlnga yetdi

UzNIF IPO’sining yagona global koordinatori Jefferies International Limited qoʻshimcha joylashtirish opsioni — greenshoe option toʻliq amalga oshirilganini maʼlum qildi. Opsion doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan 3,51 mln dona GDR har biri $25 dan joylashtirildi. Natijada IPO’ning umumiy hajmi $691,5 mlnga, erkin muomaladagi aksiyalar ulushi esa 35 foizga yetdi.

UzNIF IPO’si hajmi qoʻshimcha joylashtirish hisobiga $691,5 mlnga yetdi

Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasining (UzNIF) IPO jarayonida yagona global koordinator sifatida ishtirok etgan Jefferies International Limited qoʻshimcha joylashtirish opsioni — greenshoe option toʻliq amalga oshirilganini maʼlum qildi.

Mazkur opsion doirasida Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha 3,51 mln dona global depozitar tilxat — GDR joylashtirildi.

GDR’lar har biri $25 dan sotib olindi. Bu narx IPO doirasida belgilangan boshlangʻich joylashtirish narxiga teng. Bitimning umumiy qiymati qariyb $87,9 mlnni tashkil etdi. Opsion boʻyicha hisob-kitoblar 22 may kuni yakunlanishi kutilmoqda.

Natijada UzNIF IPO’sining umumiy hajmi $603,6 mln dan $691,5 mln ga yetdi. Fond aksiyalarining erkin muomaladagi ulushi esa 31 foizdan 35 foizgacha oshdi.

UzNIF portfelidagi kompaniyalar: 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+