12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

14 606.450 so‘m

decrease

-66.360

163.750 so‘m

increase

0.300

12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

29-aprel, 14:04
Bank

UZCARD sof foydasi birinchi chorakda qariyb 65 foizga koʻpaydi

Eʼlon qilingan moliyaviy hisobotga koʻra, kompaniya birinchi chorakni 307,6 mlrd soʻm sof foyda bilan yakunladi. 

Taqqoslash uchun birinchi chorak yakunlariga koʻra, faqatgina uchta bank — Oʻzmilliybank, Oʻzsanoatqurilishbank va Hamkorbank — UZCARD’dan koʻproq sof foyda olgan.

UZCARD sof foydasi birinchi chorakda qariyb 65 foizga koʻpaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ — yaʼni UZCARD toʻlov tizimi —birinchi chorak yakuni boʻyicha moliyaviy hisobotlarini taqdim etdi

Hisobotga koʻra, kompaniyaning sof foydasi 2024 yilning shu davriga nisbatan 64,9 foizga oʻsib, 307,6 milliard soʻmni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun birinchi chorak yakunlariga koʻra, faqatgina uchta bank — Oʻzmilliybank, Oʻzsanoatqurilishbank va Hamkorbank— UZCARD’dan koʻproq sof foyda olgan.

Hisobotga koʻra, belgilangan davr mobaynida sof tushum 74,9% ga oshib, 449,5 mlrd soʻmga yetdi. Operatsion foyda esa 71,6% ga oshib, 308,1 mlrd soʻmni tashkil etgan. 

Kompaniya jami aktivlari 291,7 mlrd yoki 39,6 foizga koʻpayib, 1 trln soʻmdan oshgan. Umumiy kapital esa 52,1 foizga oshib, 898,1 mlrd soʻmga yetgan. 


Avvalroq, Pinkod UZCARD 2024 yilda qariyb 1 trillion soʻm sof foyda olgani haqida xabar bergan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+