11 948.580 so‘m

increase

58.630

13 793.440 so‘m

increase

76.000

144.290 so‘m

increase

0.360

11 948.580 so‘m

increase

58.630

4 daqiqa avval
Iqtisodiyot
37

Uzbekistan Airports Duty Free Uzbekistan operatoridagi ulushini 49 foizgacha oshirdi

Uzbekistan Airports Oʻzbekistondagi Duty Free Uzbekistan doʻkonlari tarmogʻini boshqaruvchi Central Asia Megastar MChJdagi ulushini 49 foizgacha oshirdi. Bunga qadar aeroportlar operatorining kompaniyadagi ulushi 23,3 foizni tashkil etayotgan edi.

Uzbekistan Airports Duty Free Uzbekistan operatoridagi ulushini 49 foizgacha oshirdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Bu haqda Uzbekistan Airports’ning korporativ axborot yagona portalida eʼlon qilingan muhim faktida maʼlum qilindi

Hujjatga koʻra, kompaniya kuzatuv kengashi ulushni sotib olish boʻyicha qarorni 17 iyulda qabul qilgan, mulk huquqi esa 7 avgustda yuzaga kelgan. Natijada Central Asia Megastar MChJdagi ulush 49 foiz deb koʻrsatilgan.

Boshqa korporativ ochiqlashda ulushning aniq miqdori 48,88 foiz sifatida qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, 49 foizlik koʻrsatkich yaxlitlangan. Central Asia Megastar 7 avgustdan Uzbekistan Airports’ning affillangan shaxslari roʻyxatiga ham kiritilgan.

Aeroportlar operatori kompaniyadagi dastlabki ulushini 2022 yilda Uzbekistan Airways’dan sotib olgan. Oʻshanda 23,3 foizlik ulush uchun 400,3 mln soʻm toʻlangan edi. Shu tariqa, hozirgi 48,88 foizlik koʻrsatkichni dastlabki ulush bilan taqqoslaganda, Uzbekistan Airports’ning kompaniyadagi ulushi 25,58 foiz punktga yoki qariyb 2,1 baravar oshgan.

Central Asia Megastar Duty Free Uzbekistan tarmogʻi operatori hisoblanadi. 2022 yildagi ochiq maʼlumotlarga koʻra, tarmoqqa Toshkent xalqaro aeroportidagi 7 ta doʻkon va 2 ta bar, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlaridagi savdo nuqtalari kirgan. 

Kompaniya Toshkentda diplomatik xodimlar uchun boj olinmaydigan doʻkon hamda Termiz–Afgʻoniston bojxona postidagi duty-free savdo nuqtasini ham boshqargan.

Davlat reyestriga koʻra hozirda kompaniyaning qolgan 51,1 foiz ulushiga Premium Globe Investments MChJ egalik qilmoqda. Oʻz navbatida mazkur yuridik shaxsning 100 foiz ulushi Xamidov Sobir Taxirovichga tegishli. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+