12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

07-dekabr, 2024
Bank

Uy-joy taʼmiri uchun ipoteka kreditini olish tartibi qanday?

Kredit boshlangʻich toʻlovining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish imkoniyati ham mavjud.

Uy-joy taʼmiri uchun ipoteka kreditini olish tartibi qanday?

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 21 oktabr sanasidagi 691-sonli qaroriga muvofiq, 1 dekabrdan boshlab uy-joy taʼmiri uchun ipoteka kreditlari ajratilishi boshlandi.

Ipoteka krediti kamabagʻallikni qisqartirish dasturiga kiritlgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan ajratiladi.

Kredit shartlari:

Maksimal miqdor: 120 million soʻm
Foiz stavkasi:17,5%
Muddat:20 yil

Mazkur mablagʻlar qoida tariqasida Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank va Biznesni rivojlantirish banki tomonidan ajratiladi.

Kredit ajratilishi uchun “Mahalla yettiligi”ning xulosasi talab etiladi. Mazkur xulosani olish uchun online-mahalla.uz platformasining “Uy-joy taʼmiri uchun kreditga ariza berish” boʻlimi orqali ariza qoldirish zarur. Bunda talabgor uy-joyining taʼmir-talab ekanligini asoslantirib berishi talab etiladi.

Rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismi qoplab berish boʻyicha subsidiya subsidyplatform.mf.uz toʻlov platformasi orqali ajratiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+